add

O‘zbekistonliklar asosan qaysi xorijiy mamlakatlarda ta’lim olmoqda?

Kecha 18:586761 daqiqa

2025 yilda chet elda tahsil olayotgan o‘zbekistonliklar soni o‘tgan yilga nisbatan 6,1 ming nafarga kamaydi.

O‘zbekistonliklar asosan qaysi xorijiy mamlakatlarda ta’lim olmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil yanvar–oktabr oylarida 26,4 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida xorijga safar qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,1 ming nafarga kamaygan bo‘lib, pasayish 18,9 foizni tashkil etdi.

Qayd etilishicha, eng ko‘p — 5 863 nafar o‘zbekistonlik talaba Rossiyada o‘qimoqda. Tojikistonga borganlar soni ham deyarli shunga yaqin, u yerda 5 761 nafar talaba tahsil olmoqda. Janubiy Koreya 3 344 nafar talabani jalb etgan bo‘lsa, Qirg‘izistonni 3 835 nafar fuqaro tanlagan.

Shuningdek, Turkiya (2 256 nafar) va Xitoy (1 186 nafar) ham o‘qish uchun mashhur yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. Qozog‘istonda o‘qiyotganlar soni esa 1 014 nafarni tashkil etdi.

Yevropa mamlakatlari orasida eng ommabop yo‘nalish Buyuk Britaniya bo‘lib, bu yerga 839 nafar fuqaro o‘qish maqsadida borgan. Germaniyada esa 366 nafar o‘zbekistonlik talabalar tahsil olyapti.

Ma’lumot o‘rnida, 2025 yilning yanvar–oktabr oylarida 33 287 nafar xorijlik fuqaro O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan. Ular orasida AQSHdan 429 kishi, Buyuk Britaniyadan esa 153 kishi O‘zbekistonga o‘qish uchun kelgan.

Teglar

Mavzuga oid