Logo

O‘zbekistonning Sino AI startapi 100 ming dollar investitsiya jalb qildi

Bugun 08:001 daqiqa

HealthTech yo‘nalishida faoliyat yurituvchi O‘zbekistonning Sino AI startapi First Wings Ventures venchur jamg‘armasidan 100 ming dollar investitsiya jalb qildi.

O‘zbekistonning Sino AI startapi 100 ming dollar investitsiya jalb qildi

HealthTech yo‘nalishida faoliyat yurituvchi O‘zbekistonning Sino AI startapi First Wings Ventures venchur jamg‘armasidan 100 ming dollar investitsiya jalb qildi. Bu haqda kompaniya ma’lumotlarida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu mablag‘ sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan obuna xizmatini ishga tushirish va sog‘liq holatini kuzatuvchi smart-brasletlar ekotizimini rivojlantirishga sarflanadi.

O‘zbekistonda yaratilgan Sino AI — davolanish jarayonida xatolardan himoya qilishga qaratilgan loyiha hisoblanadi. Uning Telegram-boti simptomlarni sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish, laboratoriya tahlillarini sharhlash, shuningdek, shifokorlarni topish va ularning qabuliga yozilish imkonini beradi.

Ovozli xabarlarni tahlil qilish imkoniyati
Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida ishga tushirilgan bot o‘zbek va rus tillarini tushunadi. Shu bilan birga, u foydalanuvchilarning ovozli xabarlarini ham matnga aylantirib, tahlil qilish xususiyatiga ega.

Teglar

Mavzuga oid