Logo

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni qonuniylashtirish tartibi soddalashtirildi

Bugun 13:522 daqiqa

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan yangi qonun o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish tartibini yanada soddalashtirdi. Hujjatga ko‘ra, arizalarni ko‘rib chiqish muddati 150 kundan 50 kungacha qisqartirildi hamda fuqarolar uchun yangi imtiyozlar joriy etildi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni qonuniylashtirish tartibi soddalashtirildi © sun'iy intelekt

2026 yil 15-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
 
Qonun o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etish jarayonlarini jadallashtirish va yagona, izchil tartibni ta’minlashga qaratilgan.
 
Qonunga ko‘ra, qarzdorlik miqdori BHMning 30 baravaridan oshmagan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan huquqlarni e’tirof etish yo‘lga qo‘yiladi. Qonunda belgilangan muddatlar amaldagi 150 kundan – 50 kunga qisqartirildi. 1-martalik to‘lovlarning 50 foizi 20 ish kunida to‘liq to‘langanda, uning qolgan qismiga chegirma beriladi. To‘lash imkoniyati bo‘lmaganda fuqaroga soliq inspeksiyasi bilan shartnoma tuzish orqali mazkur mablag‘ni 1 yildan 3 yilgacha bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
 
Ortiqcha egallangan yer uchastkasiga huquqni e’tirof etish mexanizmi yanada takomillashtirildi. 2020 yil 1-yanvardan 2024 yil 1-iyunga qadar yer uchastkasi uchun oshirilgan stavkada hisoblangan soliqlar jismoniy shaxslarga qo‘llanilmasligi belgilandi. Fuqarolarning vaqti va mablag‘larini tejash maqsadida shikoyatlarni sudga qadar ko‘rib chiqish mexanizmi kiritildi. Yer uchastkasining qurilishi taqiqlangan hududga tushgan qismini chegirib tashlagan holda uning qolgan qismiga nisbatan huquqlarni e’tirof etish tartibi joriy etiladi. Bino-inshootlar xususiylashtirilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etishga tuman (shahar) hokimliklari ham mas’ul etib belgilandi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni qonuniylashtirish tartibi soddalashtirildi | Vaqt.uz