add

Pashinyan: Arman-turk dushmanligini KGB shakllantirgan

Bugun 13:2811902

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan sovet ittifoqi davridagi KGB organlari Kavkazdagi xalqlar o‘rtasidagi dushmanlik tasavvurini mustahkamlaganini aytdi. Bayonotdan Rossiya TIV vakili jazavaga tushdi.

Pashinyan: Arman-turk dushmanligini KGB shakllantirgan

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan sovet razvedka xizmati — KGBni armanlar, turklar va ozarboyjonliklar o‘rtasidagi dushmanlik kayfiyatini shakllantirgan asosiy kuch sifatida tilga oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu fikrlar sovet propagandasi va etnik ziddiyatlarni siyosiy vosita sifatida qo‘llash siyosatidan kelib chiqqan.

«Biz “turk o‘zgarmaydi” deymiz, ular esa shunday fikrni armanlar haqida aytadi. Biz “Ozarboyjonga ishonsa bo‘ladimi?” deya ikkilanamiz, ular ham xuddi shunday savol berishadi. Bu KGB agentlari shakllantirgan dunyoqarashdan ozod bo‘lishimiz kerak», — dedi Pashinyan 31 oktyabr kuni jurnalistlar bilan suhbatda.

Uning ta’kidlashicha, xalqlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik ishonchsizlik sovet ittifoqi davrida Moskvaning Kavkaz ustidan nazoratni saqlab qolish siyosatidan kelib chiqqan. Pashinyanning fikricha, bu ruhiyat hanuz mintaqadagi munosabatlarga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bu bayonotga tezkor javob berdi. Mariya Zaxarova Telegram orqali qilgan bayonotida KGB «1915 yilgi arman genotsidi»dan qariyb 40 yil keyin, 1954 yilda tuzilganini eslatib, Pashinyan so‘zlarini «tarixiy jihatdan johilona», deb atadi.

So‘nggi ikki yilda Yerevan va Moskva o‘rtasidagi munosabatlar keskin sovidi. Armaniston Rossiyani chegaralarini himoya qilmaganlikda va KXSHT doirasidagi majburiyatlarini bajarmaganlikda ayblamoqda.

2023 yildagi ikkinchi Qorabog‘ urushida Ozarboyjon armanlar tomonidan ishg‘ol etilgan o‘z hududlarini harbiy yo‘l bilan qaytarib olishga erishgan.

Shundan keyin Pashinyan hukumati tashqi siyosatni Rossiyadan uzoqlashtirib, Yevropa Ittifoqi, AQSH va Hindiston bilan yaqinlashish siyosatini boshladi. 2025 yil 8 avgust kuni Vashingtonda Donald Tramp tashabbusi bilan Armaniston va Ozarboyjon «TRIPP» — «Tramp yo‘li orqali xalqaro tinchlik va farovonlik» kelishuvini imzolagan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Pashinyan: Arman-turk dushmanligini KGB shakllantirgan | Vaqt.uz