Logo

Pashinyan YOIIning tugashi haqida gapirdi

Kecha 22:551 daqiqa

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat manfaatlari inobatga olinmasa, bu Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tanazzulining boshlanishi bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

Pashinyan YOIIning tugashi haqida gapirdi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatga tegishli ayrim tovarlarni import qilishga qo‘yilgan cheklovlar yuzasidan fikr bildirib, agar YOII doirasida Armaniston masalasi bo‘yicha yechim topilmasa, bu ittifoq tanazzulining boshlanishiga aylanishi mumkinligini aytdi.

Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan mazkur masala yuzasidan muloqot o‘tkazgan. Suhbat davomida tomonlar ayrim masalalar bo‘yicha umumiy tushunchaga kelgan.

«Eng muhimi, Armaniston o‘zi uchun muqobil yo‘llarni shakllantirish bo‘yicha qonuniy huquqqa ega. Men Rossiya Federatsiyasi prezidentiga bu yo‘lni e’lon qilganimizni va undan borishimizni aytdim», — dedi Armaniston bosh vaziri.

«Muqobillar bo‘lishi kerak»

Nikol Pashinyanning ta’kidlashicha, Armaniston har qanday masalada tanlov imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.

Uning fikricha, mamlakatning yagona yo‘nalishga bog‘lanib qolgan davri ortda qolgan. Shu bilan birga, bosh vazir muqobil yo‘llarni qachon amalga oshirish masalasi alohida muhokama etilishini qayd etdi.

Yevropa Ittifoqi masalasi

Bosh vazir Armanistonning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi ehtimoli haqida ham to‘xtaldi.

Uning aytishicha, Yevropa Ittifoqi yoki YOII a’zoligi bo‘yicha referendum o‘tkazishdan avval Armaniston, kamida, Yevropa Ittifoqiga a’zolik uchun rasmiy ariza topshirishi kerak.

Teglar

Mavzuga oid