Logo

Qirg‘iziston mamlakatdan yonilg‘i olib chiqishni taqiqladi

Bugun 09:001 daqiqa

Mamlakatdagi yonilg‘i bozorida tanqislik yuzaga kelgan. Kiritilgan vaqtinchalik cheklovlardan nafta, mazut va pech yoqilg‘isi mustasno hisoblanadi.

Qirg‘iziston mamlakatdan yonilg‘i olib chiqishni taqiqladi

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi yonilg‘i-moylash materiallari bozoridagi inqiroz fonida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YOII)ga a’zo mamlakatlariga neft va neft mahsulotlarini olib chiqishni taqiqlovchi qaror qabul qildi. Bu haqda Nur.kz nashri ma’lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining rasmiy saytida e’lon qilingan qarorga muvofiq, mamlakatda neft va neft mahsulotlarini olib chiqishga vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi.

Istisnolar va cheklov muddati


Kiritilgan vaqtinchalik cheklovlardan nafta, mazut va pech yoqilg‘isi mustasno hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, mazkur taqiq ichki bozor to‘yingunga qadar yoki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining avtomobil va temir yo‘l transporti orqali umumiy neft va neft mahsulotlari bozorlari shakllanguniga qadar amal qiladi. Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirdi.

Ma’lumot uchun, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo mamlakatlar quyidagilardan iborat:

Armaniston
Belarus
Qozog‘iston
Qirg‘iziston
Rossiya

O‘zbekiston, Kuba va Moldova mamlakatlari ushbu ittifoqda kuzatuvchi davlat maqomiga ega.

Teglar

Mavzuga oid