Logo

Qirg‘izistonning savdo hajmi besh oyda qariyb 6,3 milliard dollarni tashkil etdi

Bugun 10:253 daqiqa

O‘zbekiston qo‘shnisidan 100,3 million dollarlik mahsulot sotib oldi.

Qirg‘izistonning savdo hajmi besh oyda qariyb 6,3 milliard dollarni tashkil etdi © depositphotos

2026-yil yanvar–may oylarida Qirg‘izistonning tashqi va o‘zaro savdo aylanmasi 6 milliard 257 million dollarni tashkil etdi. Savdo hamkorlari geografiyasi tashqi savdoning yuqori darajada bir nechta davlatlarga jamlanganini ko‘rsatmoqda: mamlakatning barcha tashqi savdo operatsiyalarining 67 foizdan ortig‘i atigi uchta davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Qirg‘izistonning asosiy savdo hamkorlari

Xitoy — Qirg‘izistonning eng yirik savdo hamkori bo‘lib qolmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2 milliard 89,8 million dollarni tashkil etdi. Bu umumiy savdo hajmining 33,4 foiziga teng. Rossiya bilan savdo aylanmasi 1 milliard 581,6 million dollarni tashkil qildi. Uning umumiy savdodagi ulushi 25,3 foizni tashkil etdi. Qozog‘iston esa 538,3 million dollarlik ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Uning ulushi 8,6 foizni tashkil etdi.

1


Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari hissasiga Qirg‘izistonning umumiy savdo aylanmasining 38,7 foizi to‘g‘ri keldi. Bu ko‘rsatkich 2 milliard 421,5 million dollarni tashkil etdi.

Qirg‘iziston mahsulotlari qayerga eksport qilinmoqda?

Besh oy davomida umumiy eksport hajmi 847,1 million dollarni tashkil etdi. Shu davrda eksport qilingan mahsulotlarning yarmidan ko‘pi — 52,8 foizi YOII davlatlari bozorlariga yetkazib berildi.

Qirg‘iziston mahsulotlarining asosiy xaridorlari

Rossiya Qirg‘iziston mahsulotlarini 246,4 million dollarga sotib oldi. Bu umumiy eksport hajmining 29,1 foizini tashkil etadi. Qozog‘iston 198,8 million dollarlik mahsulot xarid qildi (Bu yo‘nalishda an’anaviy ravishda qimmatbaho metallar eksporti 23,5 foiz). Shveysariya Qirg‘iziston mahsulotlarini 159,2 million dollar miqdorida import qildi (18,8 foiz). Bu yo‘nalishda an’anaviy ravishda qimmatbaho metallar eksporti ustunlik qiladi. O‘zbekiston 100,3 million dollarlik mahsulot xarid qildi (11,8 foiz).

2


Qirg‘izistonga tovarlar qayerdan olib kelinmoqda?

Qirg‘izistonga xorijdan olib kirilgan mahsulotlar hajmi 5 milliard 409,9 million dollarni tashkil etdi. Mamlakat importining qariyb 69 foizi atigi uchta davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. Xitoy Qirg‘iziston importining eng yirik manbai bo‘lib, umumiy importning 38 foizini tashkil etdi. Xitoydan Qirg‘izistonga 2 milliard 57 million dollarlik mahsulot yetkazib berildi.

Shu bilan birga, Qirg‘izistonning Xitoyga eksporti atigi 32,9 million dollarni tashkil qilgan. Bu ikki davlat o‘rtasidagi savdoda katta nomutanosiblik mavjudligini ko‘rsatadi. Rossiya Qirg‘iziston importining 24,7 foizini ta’minladi. Rossiyadan mamlakatga 1 milliard 335,2 million dollarlik mahsulot olib kirildi. Qozog‘iston esa Qirg‘izistonga 339,5 million dollarlik mahsulot yetkazib berdi. Bu mamlakat umumiy import bozorining 6,3 foizini tashkil etdi.

3


Savdo saldosi nima va nega u manfiy?

Mamlakatning besh oy davomida umumiy tashqi savdo aylanmasi 6 milliard 257 million dollarni tashkil etdi. Biroq savdo tarkibida katta nomutanosiblik mavjud. Qirg‘iziston xorijdan 5 milliard 409,9 million dollarlik mahsulot import qildi. Mamlakat eksport qilgan mahsulotlar hajmi esa atigi 847,1 million dollarni tashkil etdi. Natijada Qirg‘izistonning tashqi savdo saldosi minus 4 milliard 562,8 million dollarni tashkil etdi.

Oddiy qilib aytganda, bu — mamlakat xorijiy mahsulotlarni sotib olishga o‘z mahsulotlarini chet elga sotishdan topayotgan daromadiga qaraganda 6,4 barobar ko‘proq mablag‘ sarflayotganini anglatadi.

Ma’lumot uchun, savdo saldosi — bu mamlakatning eksport va import hajmi o‘rtasidagi farq. Agar eksport importdan ko‘p bo‘lsa — ijobiy saldo, aksincha import ko‘p bo‘lsa — salbiy saldo yuzaga keladi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston iqtisodiyoti 2026-yilning yanvar–may oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,2 foizga o‘sdi.

Teglar

Mavzuga oid