Qoraqalpog‘istonda maxsus mayning zona tashkil etiladi

Bugun 14:451 daqiqa

Zonaning hududi Qoraqalpog‘iston Respublikasining butun hududi hisoblanadi. U yerdagi rezidentlarning daromadlari 2035-yilgacha soliqlardan ozod qilinadi.

Qoraqalpog‘istonda maxsus mayning zona tashkil etiladi © Turizm qo‘mitasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Besqala Mining Valley» maxsus mayning zonasi tashkil etiladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning 17-aprel kuni qabul qilingan «Qoraqalpog‘iston Respublikasida maxsus mayning zonasini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan.

Qarorga ko‘ra, maxsus zonaning hududi Qoraqalpog‘iston Respublikasining butun hududi hisoblanadi.

Maxsus zona doirasida quyidagilarga ruxsat beriladi:

*mayningni amalga oshirish uchun yagona elektr energetika tizimi va barcha turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalar, shuningdek, vodorod elektr stansiyasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalanishga;

*mayning natijasida olingan kripto-aktivlar belgilangan tartibda milliy kripto-birjalar yoki xorijiy platformalar orqali, shu jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotilishiga va (yoki) ularni boshqa likvidli kripto-aktivlarga ayirboshlashga va boshqalar.

Soliq imtiyozi

«Besqala Mining Valley» maxsus mayning zonasi direksiyasi» tashkil etiladi. Talabgorlar (yuridik shaxslar) maxsus zona rezidentligini va mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish to‘g‘risida ariza bilan direksiyaga murojaat qiladi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish bo‘yicha ishchi organ etib belgilandi.

2035-yil 1-yanvarga qadar rezidentlarning mayning faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq operatsiyalardan olingan daromadlari soliqlar va yig‘imlardan ozod qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid