Qozog‘istonda bozorlar soni kamaymoqda

Bugun 11:202 daqiqa

Bozorlarning bir qismi ekologik hududlar va shaharsozlik talablari sababli faoliyatini to‘xtatgan.

Qozog‘istonda bozorlar soni kamaymoqda © inform.kz

Qozog‘istonda 2025-yil yakuniga ko‘ra savdo bozorlari soni 38 taga kamaydi. Bu haqda Qozog‘iston savdo va integratsiya vazirligi ma’lum qildi.

Qisqarish bir nechta omillar bilan izohlanmoqda. Masalan, savdo infratuzilmasining transformatsiyasi – ayrim bozorlar modernizatsiyadan so‘ng savdo uylari, savdo markazlari va boshqa zamonaviy formatlarga

aylantirilib, qayta ro‘yxatdan o‘tgan. Modernizatsiya siyosati davlat tomonidan eski formatdagi bozorlarni yangilash va tartibga solish jarayoni davom etmoqda.

Ayrim bozorlar esa tabiatni muhofaza qilish hududlarida joylashgani, belgilangan «qizil chiziqlar»dan tashqarida bo‘lgani sababli faoliyatini to‘xtatgan.

Vazirlikka ko‘ra, mamlakatda savdo sohasi an’anaviy bozorlardan zamonaviy, tartibga solingan savdo formatlariga o‘tish bosqichida. Bu jarayon shaharsozlik, sanitariya va iqtisodiy samaradorlik talablariga moslashishga qaratilgan.

Qozog‘istonda bozorlarni modernizatsiya qilish siyosati izchil davom etmoqda. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, davlat bozor egalariga zamonaviy talablarga moslashishda yordam berishni ham davom ettirmoqda.

Modernizatsiya muddatlari

Avval boshda barcha bozorlarni yangilash uchun muddat 2025-yil oxiri etib belgilangan edi. Lekin keyin muddat 2026-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi. Bu qaror infratuzilmani to‘liq yangilash va xavfsizlik standartlarini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Hozir 19 ta bozorda modernizatsiya hali boshlanmagan (sabablar: hujjatlar tayyor emas, moliya yetishmasligi, yoki islohotga tayyor emaslik), 33 ta bozor to‘liq yangilangan, 39 ta bozorda ishlar davom etmoqda, 9 ta bozor yopilgan yoki formati o‘zgargan, 6 tasi boshqa savdo formatiga o‘tgan va 3 tasi tabiatni muhofaza qilish hududlari sababli yopilgan.

Vazirlik 2029-yilgacha zamonaviy yirik formatli bozorlar ulushini 70 foizga yetkazishni maqsad qilgan.

Qozog‘istonda 2025-yil oxirida – 626 ta bozor ishlagan, yil boshida ularning soni 588 ta edi. Eng ko‘p bozorlar Turkiston viloyatida (103 ta) ro‘yxatga olingan. Sektorda asosiy tendensiya – an’anaviy bozorlardan zamonaviy, tartibga solingan savdo infratuzilmasiga o‘tish.

Teglar

Mavzuga oid