Ramzan Qodirov saylovda ishtirok etish bo‘yicha yakuniy shartini aytdi

17.02.2026 | 23:001 daqiqa

Checheniston rahbari yaqin orada hokimiyatdan «to‘yganini» aytgan bo‘lsa-da, navbatdagi saylovlarda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi. Biroq Qodirovning bu qarori faqat bir kishining xohishiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Ramzan Qodirov saylovda ishtirok etish bo‘yicha yakuniy shartini aytdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bo‘lajak saylovlarda o‘z nomzodini faqat Rossiya prezidenti Vladimir Putinning roziligi bo‘lgan taqdirdagina qo‘yishini ma’lum qildi. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda.

Ramzan Qodirov shaxsiy Telegram-kanalida Checheniston rahbari sayloviga tayyorgarlik muhokama qilingan kengaytirilgan yig‘ilish haqida so‘zlab berdi. Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilish davomida unga Checheniston hukumati raisi Magomed Daudov murojaat qilgan.

«Yig‘ilish davomida Magomed Daudov menga Checheniston Respublikasi birinchi prezidenti, Rossiya qahramoni Ahmat-Hoji Qodirov jamoasi va butun chechen xalqi nomidan «Yedinaya Rossiya» partiyasidan Checheniston Respublikasi rahbari saylovida ishtirok etish iltimosi bilan murojaat qildi.

Albatta, xalqning, butun jamoamizning bunday yuksak ishonchi men uchun qadrli, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning qarori ham juda muhim. Men Magomed Xojaxmedovichga va maslakdoshlarimga minnatdorlik bildirdim. O‘z nomzodimni faqat milliy yetakchimiz qo‘llab-quvvatlagan taqdirdagina qo‘yishga rozi bo‘lishimni ta’kidladim», - deb yozdi Qodirov.

Hokimyatdan «to‘ygan» Qodirov

O‘tgan yilning dekabr oyida Qodirov hokimiyatdan «to‘yganini» tan olgan edi. Shunga qaramay, siyosatchi agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin «taklif qilsa va xalq qo‘llab-quvvatlasa», keyingi saylovlarda baribir nomzodini qo‘yishini qayd etgan. Shu yilning yanvar oyida esa Qodirov sog‘lig‘idagi muammolar haqidagi mish-mishlarni inkor etdi — uning so‘zlariga ko‘ra, u mutlaqo sog‘lom.

Teglar

Mavzuga oid