add

Ramzan Qodirov shoshilinch shifoxonaga yotqizildi: u bir haftadan buyon omma oldida ko‘rinish bermayapti

Bugun 16:552 daqiqa

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Moskvada shoshilinch shifoxonaga yotqizilgani aytilmoqda va u qariyb bir haftadan beri jamoatchilik oldida ko‘rinmagan.

Ramzan Qodirov shoshilinch shifoxonaga yotqizildi: u bir haftadan buyon omma oldida ko‘rinish bermayapti

«Novaya gazeta Yevropa» nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Ramzan Qodirov 25-dekabr kuni o‘tkazilgan Davlat kengashi majlisi arafasida shoshilinch tarzda kasalxonaga yotqizilgan. Majlisga Rossiyaning barcha hudud rahbarlari taklif etilgan bo‘lib, unda Checheniston vakili qatnashmagan.

Ma’lum qilinishicha, Qodirov 24-dekabr kuni shaxsan ishtirok etish uchun Moskvaga yetib kelgan. Biroq 24-dekabrdan 25-dekabrga o‘tar kechasi uning ahvoli keskin yomonlashgan va u reanimatsiya avtomobilida Prezident ishlari boshqarmasiga qarashli Markaziy klinik kasalxonaga olib borilgan. Shu sababli Davlat kengashi Checheniston vakilisisiz o‘tgan.

Manbalarga ko‘ra, Moskvada uning ahvoli barqarorlashtirilgan, shundan so‘ng u respublikaga qaytgan. Shundan beri Qodirov omma oldida ko‘rinish bermagan.

Nashr yozishicha, 2024 yil boshidan beri Checheniston rahbarining sog‘lig‘i izchil ravishda yomonlashib bormoqda. O‘sha yilda u Grozniydagi xususiy «Aymedi» klinikasida davolangan. Bu holatni Qodirov o‘zi ham bilvosita tasdiqlagan: u yaqindagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot davomida bir yil ichida to‘rt marta rasmiy ta’tilga chiqqanini aytgan. Bu esa u uchun odatiy hol emasligi qayd etilmoqda.

Ramzan Qodirov shu muloqotda o‘zini doimiy asabiylik va ichki zo‘riqish hissi qiynayotganini, buni Ukrainadagi urushda qatnashayotgan chechen jangchilari uchun xavotir bilan bog‘lagan.

Manbalarning ta’kidlashicha, 2025 yil davomida Qodirov juda kam jamoatchilik oldida chiqqan va hududni avvalgi faol rejimda boshqarmagan. Vaqtining katta qismini rezidensiyasida yoki klinikada o‘tkazgan. Aytilishicha, uni ikki marta xorijiy, jumladan Germaniya shifokorlari ham maslahat bergan, shuningdek, noyabr oyida Dubaydagi xususiy klinikada ko‘rikdan o‘tgan.

Nashr manbalari Qodirov bir necha bor Moskvada berilgan tibbiy ko‘rsatmalarga amal qilmagani va o‘zini mustaqil davolashga uringani uning ahvoli yanada og‘irlashishiga olib kelganini qayd etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid