
Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston gaz tranziti hajmini oshiradi — To‘qayev
«Neft va atom sanoatida hamkorlikni kengaytirish uchun ham yaxshi istiqbollar mavjud», - dedi Qozog‘iston prezidenti.

Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston qo‘shma gaz loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda va gaz tranzitini hajmini kengaytirish rejalashtirilgan. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Toshkentdagi matbuot anjumanida so‘z ochdi.
«Rossiya-Qozog‘iston-O‘zbekiston gaz loyihasi muvaffaqiyatli natijalarni ko‘rsatmoqda. Birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali biz gaz tranziti hajmini oshirish niyatidamiz. Bundan tashqari, neft va yadro sanoatida hamkorlikni kengaytirish uchun yaxshi istiqbollar mavjud. Suv-energetika sohasidagi harakatlarni yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini inobatga olish ruhida yaqindan muvofiqlashtirish zarurati ta’kidlandi. Biz ushbu yo‘nalishda samarali hamkorlikni davom ettirish niyatidamiz», - dedi Qozog‘iston prezidenti.
Ma’lumot uchun, 2023 yil iyun oyida O‘zbekiston «Gazprom» bilan gaz sotib olish shartnomasini imzoladi, yetkazib berish o‘sha yilning oktabr oyida boshlanadi. 2025 yilning 16-oktabr kuni Rossiya hukumati «Gazprom» O‘zbekistonga yiliga 7,7 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomasini amalga oshirishda davom etayotganini e’lon qildi.
To‘qayevning 11-12-noyabr kunlari Rossiyaga bo‘lib o‘tgan davlat tashrifi davomida ham Qozog‘iston shimoliga gaz yetkazib berish hamda Qozog‘iston hududi orqali gaz ishonchli tranzitini ta’minlash masalasi ko‘tarilgan edi.





