
Samarqandda ko‘hna bolalar kutubxonasi Toshkentdagi singari ta’mirlanadi
Samarqand shahrida 120 ming kitob fondiga ega yangi bolalar kutubxonasi loyihasiga start berildi.

Samarqanddagi 1911 yilda barpo etilgan tarixiy imorat endi bolalar kutubxonasiga aylanadi. «Restavratsiya» so‘zi bu yerda o‘z ma’nosini to‘liq ochadi: binoning davr ruhi saqlanadi, ta’mir esa ehtiyotkorlik bilan olib boriladi, deb yozdi Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘z telegram kanalida.
Toshkentdagi Bolalar kutubxonasiga o‘xshash holda, yangi maskan ham nafaqat o‘qish, balki ijod, muloqot va barqaror ilhom uchun xizmat qiladi.
«Ushbu dargoh bolalar, o‘smirlar, ularning ota-onalari va ustozlari uchun chinakam ijodiy maskanga aylanadi. Loyihada inklyuzivlikka alohida e’tibor qaratilgan: ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun audiofond tashkil etish rejalashtirilgan», deb yozdi Mirziyoyeva.
Kutubxona fondida 120 ming jild kitob bor — o‘zbek, rus va ingliz tillarida.
Kutubxona Samarqand ahli uchun ajoyib, ma’naviy boylikka to‘la jozibador maskan bo‘lishi shubhasiz ekanligini ta’kidlagan S.Mirziyoyeva loyihaga muvaffaqiyat tiladi.





