Sanoat mahsulotlari qaysi hududlarda ko‘proq ishlab chiqarilayotgani ma’lum bo‘ldi
yilning dastlabki to‘rt oyida O‘zbekistonda 394,7 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
© Manba: Statistika qo’mitasiMilliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda 394,7 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Hududlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Navoiy viloyati yetakchilik qilmoqda (100,5 trln so‘m). Keyingi o‘rinlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyati egalladi.
Shuningdek boshqa hududlardagi ko‘rsatkichlar quyidagicha:
Navoiy viloyati — 100,5 trln so‘m;
Toshkent shahri — 63,7 trln so‘m;
Toshkent viloyati — 58,8 trln so‘m;
Andijon viloyati — 36 trln so‘m;
Samarqand viloyati — 19,8 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati — 18,3 trln so‘m;
Buxoro viloyati — 17 trln so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 15,4 trln so‘m;
Namangan viloyati — 12,6 trln so‘m;J
Jizzax viloyati — 12,4 trln so‘m;
Xorazm viloyati — 11,3 trln so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 9,7 trln so‘m;
Sirdaryo viloyati — 8,9 trln so‘m;
Surxondaryo viloyati — 5,5 trln so‘m.
Navoiy viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning katta qismi Navoiy kon-metallurgiya kombinati hissasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu ko‘rsatkich oltin va uran qazib olish, metallurgiya, kimyo sanoati mahsulotlari hisobiga shakllanadi. Toshkent shahrida esa aksincha mashinasozlik, elektrotexnika, oziq ovqat sanoati va farmatsevtika sohalari sanoat mahsulotlarining asosiy qismini tashkil etadi.





