Shavkat Mirziyoyev bir qator xotin-qizlarni 8-mart munosabati bilan mukofotladi

03.03.2026 | 20:0910 daqiqa

Mukofotlanganlar orasida adabiyot, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, sanoat, davlat boshqaruvi, jamoatchilik va axborot sohasi vakillari bor.

Shavkat Mirziyoyev bir qator xotin-qizlarni 8-mart munosabati bilan mukofotladi © Foto: president.uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. Unga muvofiq, mamlakatda faoliyat yuritayotgan bir qator xotin-qizlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Quyida qaror matni va mukofotlangan xotin-qizlar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

 

Mamlakatimizda mo‘’tabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko‘rsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining samarali mehnati, boy bilim va tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida alohida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida quyidagilar mukofotlansin:

 

«O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri» faxriy unvoni bilan

 

·         Bobomurodova Xosiyat - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira

 

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

·         Kariyeva Bernara Raximovna - O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya kafedrasi professori

·         Toshova Moyra Nabiyevna - Buxoro shahridagi «Shayxul Olam» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Buxoro viloyati

·         Toshpulatova Klara Bekpulatovna - Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining texnik bo‘limi standartlash bo‘yicha yetakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati

·         Xalikova Mukaddas Shamaksudovna - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

 

«Do‘stlik» ordeni bilan

·         Abdrasuliyeva Juzimgul Matekovna - Chimboy tumanidagi «Gujimli» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

·         Aliyeva Zafara Jumabayevna - O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining amaliy san’at ashyolari bo‘yicha eksperti

·         Axmedjanova Nasiba Muratovna - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» aksiyadorlik jamiyati elektr mashina sexi izolyatsiya ustasi

·         Axmedova Zarifa Nishonovna - Sharof Rashidov tumanidagi «Zomin asali» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati

·         Bakiyeva Narziniso Mirzoyevna - Bekobod tumanidagi «Boqiyeva Nazira» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati

·         Berdiyeva Barno Saitnazarovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi a’zosi

·         Bobanazarova Jamila Xolmurodovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator

·         Bryuxovetskaya Nadejda Vasilevna - «Uzbekistan Airways» aksiyadorlik jamiyatining texnologik bo‘limi boshlig‘i

·         Daminova Muxabbat Jabborovna - Sariosiyo tumanidagi «Orzu Daminzoda» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

·         Ziganshina Dinara Ravilevna - Markaziy Osiyo davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasining ilmiy-axborot markazi direktori

·         Ibragimova Oliya Xojamberdiyevna - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining 1-Gidrometallurgiya zavodi kran mashinisti, Navoiy viloyati

·         Karimova Feruza Baxtiyorovna - H.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutining petrologiya laboratoriyasi boshlig‘i

·         Matviyenko Irina Aleksandrovna - «Nemolchi.uz» ijtimoiy loyihasi rahbari

·         Muxiddinova Umida Tulkunovna - Ijtimoiy himoya milliy agentligining nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i

·         Ro‘zmetova Nasiba Sharipovna - Xiva tumanidagi «Qo‘shchi kattabog‘» va «Istiqlol» mahalla fuqarolar yig‘inlari xotin-qizlar faoli, Xorazm viloyati

·         Ubaydullayeva Nigoraxon Qurvonaliyevna - Quvasoy shahar hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati

·         Urunbayeva Gulchexraxon Shokirovna - Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining organik dehqonchilik va o‘rmon melioratsiyasi kafedrasi professori, Andijon viloyati

·         Xamrayeva Muatar Kabildjanovna - Chilonzor tumanidagi «Gavhar» mahalla fuqarolar yig‘inining «Oqila ayollar» harakati rahbari, Toshkent shahri

 

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

·         Adilova Feruza Saibjanovna - «Tong yulduzi» gazetasi bosh muharriri

·         Ashirova Gulchexra Olimovna - Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining Xorazm viloyati hududiy bo‘limi direktori

·         Imamova Dilbar Babaqulovna - Samarqand shahar nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Samarqand viloyati

·         Karimova Barno Patxullayevna - Toshkent shahridagi «Iffatli kelin» o‘quv markazi ta’sischisi

·         Raxmanova E’tiborxon Abduraufovna - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi bosh mutaxassisi

·         Turayeva Salixa Dusanovna - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi Guliston tumani axborot-kutubxona markazi direktori, Sirdaryo viloyati

·         Usmonova Xurinisa Sharapovna - Namangan davlat universitetining o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, Namangan viloyati

 

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

·         Abdullayeva Nilufar Ismatovna - Shofirkon tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining bosh patronaj hamshirasi, Buxoro viloyati

·         Qambarova Nigora Fattaxovna - Shahrixon tumanidagi «Shahrixon» oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Andijon viloyati

·         Mansurskaya Elvira Sabriyevna - Guliston shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi pediatri, Sirdaryo viloyati

·         Muxamedova Barno Farxadovna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

 

«Sog‘lom turmush» medali bilan

·         Boboyeva Yuliya Leonidovna - Namangan viloyati suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining suzish bo‘yicha murabbiysi

·         Kuanishova Jamila Seylbek kizi - Uchquduq tumanidagi «Qulquduq» oilaviy shifokorlik punkti katta hamshirasi, Navoiy viloyati

·         Pazilova Muxoyoxon Yakubjonovna - Farg‘ona viloyati «Miss fitness» ayollar sog‘lomlashtirish markazi rahbari

·         Xalikova Xurshida Narzullayevna - Samarqand viloyati yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiysi

 

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

·         Jumayeva Sadbaroy Axatovna - Denov tumani ichki ishlar boshqarmasining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

·         Ismoilova Iroda Xotam qizi - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism mutaxassisi

 

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

·         Muksinova Mahliyoxon Azizjon qizi - «Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktorining IT-xizmatlar eksportini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari

·         Muxtorova Madina In’omjon qizi - Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi talabasi, Jizzax viloyati

 

«Shuhrat» medali bilan

·         Abduvohidova Shaxnoza Abduganiyevna - «UZINFOCOM» mas’uliyati cheklangan jamiyatining raqamlashtirish bo‘yicha direktori

·         Azimova Zarnigor Shuxratovna - Navbahor tumanidagi «Beshrabot» mahalla fuqarolar yig‘inining kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi, Navoiy viloyati

·         Atadjanova Yulduzxan Yuldashovna - Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining fortepiano o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

·         Atayeva Mukaddas Matyakubovna - Urganch shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, gul yetishtiruvchi, Xorazm viloyati

·         Berdimbetova Gulsara Yesenovna - Qoraqalpog‘iston tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutining kimyo laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

·         Bo‘ranova Aychurak Ravshanbekovna - Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Flowers Anya» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati

·         Butayeva Zulayxo - Boyovut tumanidagi «Boyovut agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Sirdaryo viloyati

·         Butayeva Inobat Yuldosh qizi - Chiroqchi tumani «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi bosh mutaxassisi, Qashqadaryo viloyati

·         Vohidova Noyira Rahimovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti laboratoriya mudiri

·         Jo‘rayeva Nilufar Davronovna - Boysun tumanidagi «Dream’s Shahrinaz» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, hunarmand-kashtachi, Surxondaryo viloyati

·         Zaxidova Nazira Saloxiddinovna - Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi gid-tarjimoni, Samarqand viloyati

·         Ikramova Tamila Alisherovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi «Axborot» bosh muharririyati katta muharriri

·         Kambaridinova Noila Mexrojovna - Toyloq tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Samarqand viloyati

·         Kudaybergenova Asiya Mirzali qizi - Zangiota tumani «Farobiy» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Toshkent viloyati

·         Kudratova Malika Mamatmuratovna - O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Do‘stlik tumani bo‘limi boshlig‘i, Jizzax viloyati

·         Mamadaliyeva Naibaxon Saydaminovna - O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tili va ilmiy-tadqiqot masalalari bo‘yicha maslahatchisi

·         Mamatkulova Gulbaxorxon Axmedovna - Farg‘ona imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Farg‘ona viloyati

·         Masimova Kunel Ilyasovna - Zarafshon shahridagi 15-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Navoiy viloyati

·         Muminova Zeboxon Rixsibayevna - Yunusobod tumanidagi «Nova school» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Toshkent shahri

·         Normatova Lobarxon Xolmatovna - Rishton tumanidagi «Furqat» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati

·         Sozikina Yelena Gennadevna - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mutaxassisi

·         Tashbayeva Gulchexra Karabekovna - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mutaxassisi

·         Xalbayeva Gulandan Baltabayevna  - Qo‘shko‘pir tumani ko‘zi ojizlar kutubxonasi mudiri, Xorazm viloyati

·         Xunarova Malaxat Xaydarovna - Angren shahridagi «Oydin central service» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

·         Xuramova Salima Jo‘rayevna - G‘uzor tumanidagi «G‘uzor qorako‘lchilik» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni, Qashqadaryo viloyati

·         Sharipova Laylo Frunzeyevna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira

·         Shermatova Gulsara Tursunbayevna - Toshkent shahar Markaziy maydonlarni obodonlashtirish boshqarmasining ko‘kalamzorlashtiruvchi-gul ekuvchisi

·         Ergasheva Shaxnoza Agzamovna - Qibray tumanidagi «Po‘lat qadam» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Toshkent viloyati

·         Esanova Salomat Almardanovna - Qumqo‘rg‘on tumanidagi «Sayhon» oilaviy shifokorlik punkti doyasi, Surxondaryo viloyati

·         Yunusova E’tiborxon Abduxalilovna - Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Uychi tumani bo‘linmasi rahbari, Namangan viloyati

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

 

Teglar

Mavzuga oid