add

Soliq qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlandi

20.11.2025 | 16:093921 Daqiqa

Kadastr agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan Farrux Pulatov Prezident qarori bilan  O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Soliq qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident farmoniga muvofiq, Sherzod Davlyatovich Kudbiyev Soliq qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. U mamlakatda urbanizatsiya, uy-joy siyosatini rivojlantirish va ipoteka bozorini muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ sanalgan Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish Milliy qo‘mitasiga rahbar etib tayinlandi.

Sherzod Kudbiyev rahbarlik qilgan Soliq qo‘mitasiga esa Farrux Jaxongirovich Pulatov tayinlandi. U tayinlovga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligini boshqarib kelgan.

Ma’lumot uchun, Pulatov mehnat faoliyatini 2001 yilda Farg‘ona viloyati prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi bo‘limi katta inspektori sifatida boshlagan. 2004 - 2018 yillarda huquqni muhofaza qilish organlarida turli lavozimlarda ishlagan. 2018 yildan 2022 yilgacha «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi, 2022 yildan Kadastr agentligi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Teglar

Mavzuga oid

Soliq qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlandi | Vaqt.uz