Logo

Sun’iy intelekt boy davlatlarga xizmat qilayotgan vaqtda, kambag‘allar qarzga botmoqda — Jahon banki hisoboti

2010 yildan buyon rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 40 foizidan 70 foizigacha oshgan.

Sun’iy intelekt boy davlatlarga xizmat qilayotgan vaqtda, kambag‘allar qarzga botmoqda — Jahon banki hisoboti

Jahon bankining «Global iqtisodiy istiqbollar» hisobotida rivojlanayotgan iqtisodiyotlarning kelgusi o‘n yillikdagi o‘sish istiqbollariga baho berildi.

Unda Jahon banki bosh iqtisodchisi Indermit Gill iqtisodiy o‘sishni tezlashtirishi mumkin bo‘lgan uchta asosiy omilni sanab o‘tdi.

Ular qatoriga mintaqaviy savdoning kengayishi, toza energiya texnologiyalarining rivojlanishi va sun’iy intellekt inqilobi kiritilgan.

Biroq mutaxassis sun’iy intellekt sohasidagi imkoniyatlar asosan rivojlangan davlatlar manfaatiga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Uning qayd etishicha, dunyo bo‘yicha ma’lumotlar markazlarining chorak qismidan ham kamrog‘i rivojlanayotgan mamlakatlarda joylashgan.

Texnologik tafovut xavfi

Indermit Gillning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt modellarini o‘qitishda foydalaniladigan ma’lumotlar bazalarida dunyo aholisining qariyb yarmi muloqot qiladigan tillar yetarli darajada qamrab olinmagan.

«Agar bunday kamchiliklar bartaraf etilmasa, sun’iy intellekt inqilobi boy va kambag‘al davlatlar o‘rtasidagi tafovutni qisqartirish o‘rniga yanada kengaytirib yuborishi mumkin», — dedi u.

Qarz yuki ortib bormoqda

Hisobotda davlat qarzining o‘sishi ham asosiy xavflardan biri sifatida ko‘rsatilgan. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2010 yildan buyon rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 40 foizidan 70 foizigacha oshgan.

Shu bilan birga, «Development Finance International» tadqiqotiga ko‘ra, G77 guruhiga kiruvchi davlatlar har yili qarz majburiyatlarini bajarish uchun 8 trillion dollar sarflamoqda. Bu mazkur mamlakatlar davlat xarajatlarining 35 foizini tashkil etadi.

Teglar

Mavzuga oid