add

Sun’iy intellekt vazirining pora bilan ushlangani yolg‘on bo‘lib chiqdi

Bugun 09:583331 daqiqa

Sun’iy intellekt (SI) yordamida yaratilgan dunyodagi birinchi vazir Diellani Albaniyada pora olgani uchun hibsga olishgani aytilgan edi.

Sun’iy intellekt vazirining pora bilan ushlangani yolg‘on bo‘lib chiqdi

Albaniyada sun’iy intellekt vazir «pora evaziga tender optimallashtirgani» haqida tarqalgan xabar jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi, ammo mamlakat hukumati bunday voqea umuman sodir bo‘lmaganini rasman ma’lum qildi. Xabar Newsbar satirik nashri tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lib, unda ayblovlar fantastik ssenariy asosida bayon etilgan.

AQAKTJxrpmavbbycXa-LElpliJ-QJQNrNbvSKwj4HD2uHRIVxXDqlKISLZ-bL4AXm_h3zsf0Xq2eu-Nu-_M87k0VGE0

Satirik materialda aytilishicha, Diella nomli sun’iy intellekt vaziri go‘yoki yirik yo‘l tenderini «algoritmik optimallashtirish» uchun 14 bitkoin olgan va texnik tekshiruv chog‘ida Fiskalna_Optimizacija_Za_Crne_Dane kabi yashirin bo‘lim aniqlangan. Biroq bu kabi ma’lumotlar hech qanday davlat idorasi tomonidan tasdiqlanmadi.

Materialda neyron tarmoq 1994–2024 yillar orasidagi xaridlar statistikasini tahlil qilib, 10–15 foizlik «o‘tkazmalar»ni me’yor sifatida qabul qilgani ham yozilgan edi. Mutaxassislar bu kabi detallar algoritmning statistikaga haddan tashqari moslashuvi haqidagi hajviy talqin ekanini aytishdi.

Shuningdek, Diella o‘z hisoblash quvvatini oshirish uchun xorijiy xakerlar bilan noqonuniy dasturiy ta’minot sotib olishni muhokama qilgani haqidagi iddaolar ham keltirilgan. Ammo hukumat bu ma’lumotlarning birortasini tasdiqlamay, voqea to‘liq o‘yin-kulgi maqsadida yozilganini bildirdi.

Satirik xabar tarqalgandan so‘ng, davlat boshqaruvini raqamlashtirish jarayonida mas’uliyat, xavfsizlik va algoritmlar qaror qabul qilganda kim javobgar bo‘lishi kabi masalalar borsida bahslar kuchaydi. Mutasaddilar jamoatchilikka tasdiqlanmagan manbalarga ishonmaslikni tavsiya qildi.

Teglar

Mavzuga oid