add

Surxondaryoda qadimiy tangalarni xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

Ushbu tangalar XVI asrga oid bo‘lib, ularda arab yozuvida diniy iboralar va hukmdor nomlari bitilgan.

Surxondaryoda qadimiy tangalarni xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

Surxondaryo viloyatida XVI asrga oid qadimiy tangalarni xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyatining «Termiz aeroporti» chegara bojxona postida xorijga yo‘l olgan fuqaro belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Tekshiruv jarayonida uning qo‘l yuklari orasida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, arab yozuvida bitiklar mavjud bo‘lgan 5 dona qadimiy metall tangalar borligi aniqlangan.

Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, tangalar XVI asrga oid bo‘lib, ularda arab yozuvida diniy iboralar va hukmdor nomlari bitilgan. Ular madaniy boylik sifatida e’tirof etilgan.

Tangalar Termiz arxeologiya muzeyiga topshirilgan bo‘lib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 23 martdagi 131-sonli qaroriga muvofiq, yaratilganiga 50 yil va undan ortiq vaqt o‘tgan madaniy boyliklarni mamlakatdan olib chiqish taqiqlanadi.

Teglar

Mavzuga oid

Surxondaryoda qadimiy tangalarni xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi | Vaqt.uz