add

Taftish.uz xodimlari protsessual tartibda ushlandi

Bugun 13:001 daqiqa

Ma’lumotlarga ko‘ra, OAV jurnalistlari Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Taftish.uz xodimlari protsessual tartibda ushlandi

2026 yil 16-yanvar kuni Taftish.uz saytining besh xodimi protsessual tartibda qo‘lga olingan. Ular O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir nechta moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1988 yilda tug‘ilgan G‘ayrat Aberayev hamda Taftish.uz OAV xodimlari hisoblangan bir nechta shaxslarga nisbatan surishtiruv harakatlari amalga oshirilgan. Ular orasida 1992 yilda tug‘ilgan Azizjon Yuldashev, 2000 yilda tug‘ilgan Sardor Xamidov, 2006 yilda tug‘ilgan Marjona Eshquvvatova va 1998 yilda tug‘ilgan Dilshod Nishonov bor.

Ma’lum qilinishicha, ushlangan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) va 168-moddasida (Firibgarlik) ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Ayni vaqtda tergov organlari tomonidan gumonlanuvchilarning yana bir qator jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. Xususan, ularning JKning 139-moddasi (Tuhmat) hamda 244/6-moddasida (Yolg‘on axborot tarqatish) nazarda tutilgan holatlar bilan bog‘liq ehtimoliy ishtiroki yuzasidan qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan qo‘shimcha va rasmiy ma’lumotlar tergov harakatlari yakunlanganidan so‘ng e’lon qilinishi bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avval ham 23-oktabr kuni Taftish.uz internet nashri jurnalistlari Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan olib ketilgan edi. Shuningdek, Taftish.uz nashri sobiq rahbari G‘ayrat Aberayev 2023 yil noyabr oyida ham firibgarlikda ayblangandi.

Teglar

Mavzuga oid