add

TBC Kredit o‘zini o‘zi band qilganlarga 1 daqiqada yangi bosqichga chiqishga yordam beradi

Bugun 16:112382 daqiqa

TBC Kredit o‘z biznesini ortiqcha xavotir va uzoq byurokratik jarayonlarsiz rivojlantirmoqchi bo‘lgan barchaga kredit bo‘yicha qarorni atigi bir daqiqada olish imkoniyatini beradi — to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovada, garovsiz va ortiqcha hujjatlarsiz.

TBC Kredit o‘zini o‘zi band qilganlarga 1 daqiqada yangi bosqichga chiqishga yordam beradi

 

Gulnora kiyim tikadi va o‘zi uchun ishlaydi. Ilgari uning ish joyi oshxonada edi: stol ustida andozalar, yonida esa o‘g‘lining o‘yinchoqlari. Buyurtmalari yetarli edi, lekin u rivojlanishni, oldinga qadam qo‘yib, o‘z tikuv ustaxonasini ochishni xohlardi.

U ko‘p marta ijaraga joy olish haqida o‘ylagan. Ammo har safar uni «Pulni qayerdan olaman? Kredit  olish — uzoq va qo‘rqinchli. Do‘stlardan esa qarz olishni xohlamayman», degan shubhalar to‘xtatardi.

Bu mustaqil ishlaydigan ko‘plab insonlarga tanish hislar. Buxgalter ham, ta’minotchi ham, sotuvchi ham o‘zingiz bo‘lsangiz, har bir qadam xavfdek tuyuladi. Lekin bir kuni Gulnora o‘zida jur’at topdi: TBC UZ ilovasini ochdi, TBC Kredit uchun ariza qoldirdi — va atigi bir daqiqada javob oldi.

Endi uning savdo markazida qulay ustaxonasi bor. Mijozlari uchun qulay, buyurtmalar ko‘p, daromad barqaror. Eng muhimi — endi u o‘z ishini rivojlantirishdan qo‘rqmaydi.

 

Nega TBC Kredit — o‘zini o‘zi band qilganlarni tushunadigan yechim?

O‘z biznesingizni yuritayotganingizda sizda qog‘ozbozlik va uzoq cho‘ziladigan jarayonlarga na ortiqcha vaqt, na ortiqcha resurs bo‘ladi. Sizga keraklisi — oddiy, tezkor va aniq yechim. TBC Kredit esa aynan shunday ishlaydi:

·     Hech qanday garov, kafillik yoki daromad haqida ma’lumotlar talab qilinmaydi. Hujjat yig‘ish, tanishlarni jalb qilish yoki mol-mulkingizni xavf ostiga qo‘yish shart emas. Hammasi oddiy: kredit kerak bo‘lsa, ariza topshirishning o‘zi kifoya.

·     Kredit bo‘yicha javob atigi 1 daqiqada.  Pullarni qanday sarflashni darhol rejalashtirish mumkin.

·     Hammasi ilovaning o‘zida, uydan chiqishga hojat yo‘q. Bankka borish, navbat kutish yoki dam olish kunlarisiz. Qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar — kredit har doim qo‘lingizda.

TBC UZ ilovasini yuklab oling, ariza topshiring va 1 daqiqada javob oling.

TBC Kredit uchun arizani TBC UZ ilovasida topshirishingiz mumkin. Javobini 1 mituda olasiz.

Kredit bo‘yicha batafsil ma’lumot — bankning rasmiy saytida.

Reklama huquqi asosida.

Teglar

Mavzuga oid