Tojikistonning 100 somonilik banknotasi dunyodagi eng yaxshi pul belgilari qatoriga kirdi

Bugun 14:462 daqiqa

Yangi banknotalar 2025-yil 30-oktabrda muomalaga chiqarilgan.

Tojikistonning 100 somonilik banknotasi dunyodagi eng yaxshi pul belgilari qatoriga kirdi © shopofmoney.com

Tojikistonda 2025-yilda chiqarilgan nominali 100 somonilik banknota dunyodagi eng yaxshi pul belgilari qatoriga kirib, nufuzli har yillik xalqaro «Yil banknotaci» tanlovi ishtirokchisi bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro banknotlar jamiyati (IBNS)ning rasmiy sayti xabar berdi.

IBNS ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil davomida dunyo bo‘ylab taxminan 100 ta yangi banknota chiqarilgan, ammo ulardan faqat 17 tasi dizayn va texnologiya jihatidan innovatsion deb topilib, nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Shular orasida Markaziy Osiyoni namoyon etuvchi tojik valutasi ham bor. Tojikiston bilan bir qatorda postsovet hududidan Rossiya (1000 rubl) va Qozog‘iston (1000 tenge) banknotlari ham nominatsiyada ishtirok etgan.

100 somoni

100 somonilik banknota yorqin ko‘p rangli gammada, asosan ko‘k, pushti va yashil ranglar uyg‘unligida ishlangan. Uning badiiy konsepsiyasi milliy tarix va davlatchilikni aks ettiradi. Old tomonida birinchi markazlashgan tojik davlatining asoschisi Ismoil Somoniy hamda mamlakatning muhim tarixiy-madaniy ramzi bo‘lgan Somoniylar maqbarasi tasvirlangan. Shuningdek, Tojikiston gerbi, 25 yillik xotira logotipi va murakkab geometrik elementlar ham joy olgan.

1

Banknotaning orqa tomoni zamonaviy davlatga bag‘ishlangan: unda yangi parlament binosi, davlat bayrog‘i hamda tojik va ingliz tillaridagi matnlar aks ettirilgan.

Dizaynerlar banknotni muhofaza qilish tizimiga alohida e’tibor qaratgan. U zamonaviy xavfsizlik elementlari bilan jihozlangan bo‘lib, Ismoil Somoniy portreti tushirilgan suv belgisi, rangini o‘zgartiruvchi «RollingStar» elementlari, «100» raqami yashirin dinamik effektga ega oynasimon muhofaza ipchasi, shuningdek, mos keluvchi tasvirlar va murakkab geometrik tuzilmalarni o‘z ichiga oladi. Banknota Germaniyaning «Giesecke+Devrient» kompaniyasi tomonidan chop etilgan va 2025-yil 30-oktabrda muomalaga kiritilgan.

2

G‘oliblar

Yuqori dizayn bahosiga qaramasdan, tojik banknotasi g‘oliblar qatoriga kirmadi. Tanlovda birinchi o‘rinni Kyurasao va Sint-Martening 200 guldenlik banknotasi egalladi. U «suv osti» mavzusi va murakkab gibrid dizayni bilan ajralib turadi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda Fiji va Zambiya banknotlariga nasib etdi. Shuningdek, beshlikka Folklend orollari va Papua Yangi Gvineyasi pul belgilari ham kirdi.

IBNS nomzodlari qatoriga kirish xalqaro miqyosda muhim e’tirof hisoblanadi. Tanlov banknot dizaynning eng yaxshi namunalarini birlashtiradi va ularni nafaqat to‘lov vositasi, balki san’at asari hamda milliy o‘ziga xoslikni ifodalovchi vosita sifatida ko‘radi.

Teglar

Mavzuga oid