add

TOP 6 o‘zgarmadi: Banklarning yangi reytingi e’lon qilindi

Kecha 18:452 daqiqa

Reytingda yetakchilar o‘zgarmagan bo‘lsada, o‘rta o‘rinlarda sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi. “SQB” 3 pog‘onaga o‘z o‘rnini yaxshilagan bo‘lsa, “Infinbank” 4 ta pog‘ona yo‘qotdi.

TOP 6 o‘zgarmadi: Banklarning yangi reytingi e’lon qilindi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2025 yil yakunlari bo‘yicha tuzilgan banklar reytingi natijalarini ma’lum qildi.

“Banklar faolligi indeksida” mamlakatdagi barcha 35 ta bank qamrab olingan bo‘lib, ularning 20 tasi yirik banklar, qolgan 15 tasi esa kichik banklar toifasiga kiritilgan.

Indeks 27 turdagi koeffitsiyentlarni guruhlashtirish, mamlakat o‘rtacha koeffitsiyenti yoki Bazel qo‘mita talablari bilan solishtirish va reytinglash asosida aniqlanadi.

Yirik banklar

Yirik banklar reytingida yetakchilar o‘z o‘rnini saqlab qoldi — TOP 6 o‘zgarmadi. “Infinbank” esa 4 pog‘onoga o‘z o‘rnini yo‘qotib, 11 o‘ringa tushib ketdi. Bu reytingdagi eng yirik pasayish bo‘ldi. “Aloqabank” ham 3 ta o‘rin yo‘qotdi.

22

Infinbank”dagi pasayish sabab “Xalq banki”, “Ipotekabank”, “OFB” va “Davrbank” bir pog‘onadan o‘z o‘rnini mustahkamladi. “SQB” 3 pog‘onaga o‘z o‘rnini yaxshilab, 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

20 ta bankdan 13 tasi reytingdagi o‘z o‘rnini saqlab qoldi. Alohida indikatorlar bo‘yicha ham banklarda vaziyat turlicha shakllanmoqda.

“Milliy bank” boshqaruv samaradorligi bo‘yicha yetakchi bo‘lsa, likvidlik bo‘yicha eng yaxshi bank “Asia Alliance Bank” bo‘lib turibdi.

“Asia Alliance Bank” daromad olish salohiyati va aktivlar sifati bo‘yicha ham banklar orasida yetakchi bo‘lib turibdi. Boshqa hech qaysi bank 3 ta yo‘nalishda yetakchi emas.

Moliyaviy vositachilik bo‘yicha “Infinbank”, moliyaviy ommaboplik bo‘yicha “Kapitalbank”, kapital yetarliligi bo‘yicha “Xalq banki” birinchi o‘rinni egallagan.

Kichik banklar

Bu yerda “Universalbank” va “TBC Bank” yetakchi o‘rinlarni saqlab qolgan bo‘lsa, “Octobank” “Hayotbank”ni ortda qoldirib kuchli uchlikka kirib oldi.

11

“Ziraat bank” 3 pog‘onaga o‘z o‘rnini yo‘qotib, 9-o‘ringa tushib ketdi. “Apex Bank” esa aksincha, 3 ta o‘rin yuqoriliga ko‘tarildi va 7-o‘ringa chiqib oldi.

Indikatorlar bo‘yicha “KDB Bank” 3 ta yo‘nalishda, “Octobank” 2 ta yo‘nalishda yetakchi bo‘lib, boshqa banklardan ajralib turibdi.

Ma’lumot o‘rnida, reyting Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tuzilgan bo‘lib, banklardagi real vaziyatni ko‘rsatmasligi mumkin.

Avvalroq banklar 2025 yilning 11 oyida rekord darajada foyda olgani haqida xabar bergandik.

Teglar

Mavzuga oid