Logo

Toshkent eng tez o‘zgarayotgan shaharlar reytingida uchinchi o‘rinni egalladi

Reytingida Toshkentdan keyingi o‘rinlarni Doha, Guanchjou, Shanxay, Pekin, Jidda va Mumbay egalladi.

Toshkent eng tez o‘zgarayotgan shaharlar reytingida uchinchi o‘rinni egalladi

Toshkent shahar o‘zgarishlari sur’ati bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda, Boston Consulting Group tomonidan e’lon qilingan yangi global tadqiqotda ma’lum qilindi.

2026 yil 16-iyunda chop etilgan «Built for Change: Cities of Choice 4.0» hisobotida dunyoning 80 ta shahri baholandi va O‘zbekiston poytaxti o‘zgarishlar sur’ati ko‘rsatkichi bo‘yicha faqat Shenchjen va Ar-Riyoddan ortda qoldi. Ushbu mezon bo‘yicha Toshkent Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqasidagi barcha shaharlardan oldinda qayd etildi.

O‘zgarishlar sur’ati reytingida Toshkentdan keyingi o‘rinlarni Doha, Guanchjou, Shanxay, Pekin, Jidda va Mumbay egalladi. Bu esa O‘zbekiston poytaxtini Osiyoning eng jadal rivojlanayotgan shaharlari qatoriga olib chiqdi.

Tadqiqot 200 dan ortiq ko‘rsatkich, 5 milliondan ziyod ma’lumotlar nuqtasi hamda 80 shahardagi 24 ming nafar aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga asoslandi. Tahlil qamrovi 10 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan. Yakuniy bahoning 80 foizi obyektiv statistik ma’lumotlar, 20 foizi esa aholi fikrlari asosida shakllantirildi. Shaharlar beshta yo‘nalish bo‘yicha baholandi: o‘zgarishlar sur’ati, iqtisodiy imkoniyatlar, shahar muhiti sifati, ijtimoiy kapital va hukumat bilan hamkorlik darajasi.

Toshkent boshqa yo‘nalishlarda ham yuqori natijalarni qayd etdi. Xavfsizlik va umr davomiyligi bo‘yicha London, Berlin, Boston, Los-Anjeles, Dubay, Singapur va Ostona kabi shaharlardan yuqori ko‘rsatkichga ega ekani qayd etildi.

Teglar

Mavzuga oid