add

Toshkent markazidagi hukumat binosi 242 mlrd so‘mga sotildi

Kecha 12:154931 daqiqa

Bino Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga tegishli bo‘lib, qo‘mita Yangi Toshkent shahriga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.

Toshkent markazidagi hukumat binosi 242 mlrd so‘mga sotildi

Bugun, 18-dekabr kuni Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga tegishli binoning auksioni bo‘lib o‘tdi

Unda 242 mlrd so‘mlik taklif bilan Qobiljon Norbekov g‘olib deb topildi. G‘olib bu pulni muddatli bo‘lib to‘lash orqali to‘laydi. 

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Yangi Toshkent shahriga ko‘chmoqda va 3 yil ichida binoni to‘liq bo‘shatib berish majburiyatini olgan. 

Bunda, Yangi Toshkent shahrida ma’muriy bino muddatidan oldin qurib bitkazilganda, obyekt xaridorga belgilangan muddatdan oldin topshiriladi.

Qo‘mita binosi shahar markazida, Hamid Olimjon metrosi yonida joylashgan. Binoda barcha kommunal xizmatlar — suv, gaz, elektr va kanalizatsiya tarmog‘i mavjud. obyekt 1975 yilda qurilgan bo‘lib, maydoni 1 gektardan oshiq. 

Avvalroq Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligining binosi 182,5 mlrd so‘mda auksionda sotilgan edi. Vazirlik ham xuddi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi kabi Yangi Toshkentga ko‘chib o‘tadi.

Teglar

Mavzuga oid