Logo

«Toshkent metropoliteni» rahbari 652 mln so‘m maosh olganmi? Rasmiy izoh berildi

Bugun 19:582 daqiqa

Yo‘ldosh Yusupovga ko‘ra, bu mablag‘ rahbarga bir yil davomida qaytarish sharti bilan berilgan.

«Toshkent metropoliteni» rahbari 652 mln so‘m maosh olganmi? Rasmiy izoh berildi © Фото: Министерство транспорта

Ijtimoiy tarmoqlarda «Toshkent metropoliteni» AJ rahbari 2025 yil noyabrda 652 mln so‘m maosh olgani, shuningdek, tizimda nepotizm, korrupsiya avj olgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Jamiyat rahbarining transformatsiya va moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Yo‘ldosh Yusupov mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Yo‘ldosh Yusupovga ko‘ra, bu mablag‘lar rahbarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq holat bo‘lganligi uchun jamoaviy shartnomada ko‘zda tutilgan tartibda, sog‘lig‘ini tiklash uchun bir yil davomida qaytarish sharti bilan berilgan pul hisoblanadi.

«Bu oylik ish haqi emas. Jamoa shartnomasida belgilangan tartibda, sog‘lig‘ini tiklash uchun bir yil davomida qaytarish sharti bilan berilgan ssuda mablag‘i hisoblanadi», — dedi u.

Yusupovning ta’kidlashicha, kadrlarning ishga olinishi, bir lavozimdan boshqasiga o‘tkazilishi doimiy nazoratga olingan.

«Metropolitenda uchta avlod vakillari, ya’ni bobo, bobosi, adasi, o‘zining ishlash holatlari bugungi kunda mavjud va bu holatlar bir-biriga taalluqli bo‘lmagan yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi. U o‘sha komissiyaviy o‘rganilganda ham xulosalari mavjud. Bo‘lishi mumkin, qaysidir holatda, qaysidir joyda, bir xil paytda, bir joyda ishlagan bo‘lishi mumkin. Lekin sizlar aytib o‘tgandek, qarindosh-urug‘chilik, ya’ni bitta oila vakillari hamda bitta oila vakillarining bir joyda, ya’ni bir-biriga topshiriq beradigan hamda manfaatli joylarda ishlashi mavjud emas», — deya qayd etdi Yusupov.

Shuningdek, rasmiy bunday holatlar maxsus komissiya tomonidan o‘rganilganini va manfaatlar to‘qnashuvi tasdiqlanmaganini qo‘shimcha qildi.

Teglar

Mavzuga oid