Toshkent viloyatida 4 nafar egizak dunyoga keldi
Toshkent viloyatida PYX xodimining ayoli 2 nafari o‘g‘il, 2 nafari qiz egizaklarni dunyoga keltirdi.

Toshkent viloyati IIBB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi, 29 yoshli safdor Odiljon Abdullayev 29-mart kuni 4 nafar (2 nafari o‘g‘il, 2 nafari qiz) egizak farzandli bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayni paytda ona va chaqaloqlarning umumiy ahvoli yaxshi bo‘lib, ular malakali mutaxassislar nazorati ostida.
Ma’lumot uchun, 2023-yil 7-sentabr kuni Qarshi shahar Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-sonli IIB JXX HPG “Ravoq” mahallasi profilaktika inspektorining yordamchisi Murod Toshnazarovning ayoli to‘rt nafar o‘g‘il chaqaloqlarni dunyoga keltirgan edi.
Shuningdek, 2022-yilning 25-yanvar kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi oilada 4 nafar egizak farzand dunyoga kelgan.





