Logo

Toshkent viloyatida jamoat transporti tariflari oshirilmoqda

Bugun 10:402 daqiqa

Yangi qaror bilan avtobusda naqd to‘lov 2 600 so‘m, transport yoki bank kartasi orqali to‘lov esa 2 000 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, abonement va chegirmali tariflar joriy etimoqda.

Toshkent viloyatida jamoat transporti tariflari oshirilmoqda © Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent viloyati xalq deputatlari Kengashi shahar jamoat transporti uchun yangi tariflarni tasdiqladi. Tegishli qaror E-qaror portalida e’lon qilindi.

Qarorga ko‘ra, yangi tariflar transportda to‘lov usuliga qarab belgilanadi. Naqd pul bilan to‘lov qilganda bir martalik yo‘l haqi 2 600 so‘m, transport yoki bank kartasi orqali to‘langanda esa 2 000 so‘m etib belgilangan.

Bundan tashqari, viloyat shaharlarida naqdsiz to‘lov qiluvchi yo‘lovchilar uchun bir soatlik bepul almashib o‘tish (transfer) tizimi joriy etiladi. Unga ko‘ra:

●     birinchi avtobus safari — 2 000 so‘m;

●     ikkinchi safari — 1 000 so‘m;

●     uchinchi va undan keyingi safarlar — bepul bo‘ladi.

Shuningdek, Kengash muddati bir kundan bir yilgacha bo‘lgan abonement tariflarini ham tasdiqladi. Ular safarlar soni cheklangan va cheklanmagan paketlardan iborat bo‘ladi.

Safarlar soni cheklangan tariflar

Amal qilish muddati

Safarlar soni

Narxi

5 kun

22 ta

34 ming so‘m

10 kun

44 ta

68 ming so‘m

15 kun

66 ta

102 ming so‘m

20 kun

88 ta

135 ming so‘m

30 kun

130 ta

200 ming so‘m

Cheklanmagan safarlar uchun abonement

Amal qilish muddati

Narxi

1 kun

8 ming so‘m

7 kun

51 ming so‘m

90 kun

600 ming so‘m

180 kun

1,2 mln so‘m

365 kun

2,4 mln so‘m

Qarorga ko‘ra, pensionerlar, talabalar va o‘quvchilar uchun abonement tariflari umumiy narxning 50 foizi miqdorida belgilanadi.

Yangi tariflar Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining transport va kommunal soha bo‘yicha doimiy komissiyasi xulosasi asosida ishlab chiqilgan.

Toshkent shahrida avtobus uchun yo‘lkira tariflari oxirgi marta 2025 yil 1-yanvardan o‘zgartirilgandi. O‘shandan buyon bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif 3 000 so‘m etib belgilanib, elektron to‘lovda esa 1 700 so‘m qiymatida qolgan.

Shuningdek, 1-sentabrdan poytaxtda avtobus uchun to‘lovlarni faqat chiqish vaqtida to‘lanadi. Bu transport kartasi, bank kartasi, smartfon yoki boshqa kontaktsiz to‘lov vositalari orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy yoki transport kartasiga ega fuqarolar ham validator orqali imtiyozli yoki bepul yurish huquqini tasdiqlashi lozim.

Vaqt.uz avvalroq Toshkentda tungi avtobuslar joriy qilinishi, ammo loyiha amalda kechiktirilayotgani haqida hokimlikdan izoh olgandi.

Teglar

Mavzuga oid