Logo

Toshkentda 2 ta mashina o‘rniga 16 tasi sig‘adigan «liftli» avtoturargoh ishga tushdi

Bugun 08:002 daqiqa

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qichqiriq mahallasidagi ushbu avtoturargohni ko‘zdan kechirdi.

Toshkentda 2 ta mashina o‘rniga 16 tasi sig‘adigan «liftli» avtoturargoh ishga tushdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Olmazor tumanidagi Qichqiriq mahallasida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari va aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Mahallada 23 ta ko‘p qavatli uy bo‘lib, 1 ming 416 ta xonadonda 5 ming 400 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi.

«Obod mahalla» davlat dasturi doirasida hududni yangilash ishlariga mahalliy budjetdan 71,4 milliard so‘m yo‘naltirilgan. Natijada mahalla yangi qiyofaga ega bo‘lib, zamonaviy yashil shaharsozlik muhiti shakllantirilgan.

Eng katta loyihalardan biri Qichqiriq kanali bo‘ylab barpo etilgan 2,4 kilometrlik sayilgoh bo‘ldi. Bu yerda 12,4 kilometr piyodalar yo‘lagi, 14 ta shiypon, favvoralar va boshqa dam olish maskanlari tashkil etilgan. Hududda 6,5 mingga yaqin manzarali va mevali daraxt parvarish qilinmoqda.

«Liftli» avtoturargoh ҳақида

Qichqiriqda yoshlar uchun 12 ta vorkaut maydonchasi va 3 ta futbol maydoni qurildi, kutubxonalar tashkil etildi. Tadbirkorlik sohasida 47 ta subyekt faoliyat yuritmoqda, yangi loyihalar hisobiga 61 ta ish o‘rni yaratilgan.
Aholi bandligini ta’minlashda ham yangi yondashuv qo‘llanilmoqda. Gulnora G‘oyipova kulolchilik to‘garagi va to‘quvchilik sexini yo‘lga qo‘yib, ishsiz yoshlar hamda xotin-qizlarni «Usta-shogird» an’anasi asosida kasbga jalb qilmoqda.

Mahallada O‘zbekistonda ilk bor sinov tariqasida «liftli» avtoturargoh ham o‘rnatildi. 8 qavatli inshoot ikki avtomobil sig‘adigan maydonda 16 ta mashinani joylashtirish imkonini beradi. Tizim deyarli avtomatik ishlaydi: kamera raqamni aniqlaydi, markaziy lift esa mashinani bo‘sh joyga olib boradi.

«Liftli» avtoturargohni o‘rnatish taxminan 120–125 ming dollarga tushgan. Undan foydalanish narxi oyiga 1–1,2 million so‘m, soatbay tarif esa 12 ming so‘mgacha bo‘lishi mumkin. Prezident mutasaddilarga aholi bandligini oshirish va infratuzilma loyihalarini sifatli amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Teglar

Mavzuga oid