add

Toshkentda FIFA'ning Markaziy Osiyo davlatlari uchun mintaqaviy ofisi ochiladi

Bugun 16:44872 daqiqa

Yangi mintaqaviy ofis ochish xarajatlarining 50 foizi O‘zbekiston hisobidan qoplanadi.

Toshkentda FIFA'ning Markaziy Osiyo davlatlari uchun mintaqaviy ofisi ochiladi

Toshkent shahrida FIFAning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy ofisi ochiladi. Bu haqda Prezidentning «2027-yilgi futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida aytib o‘tildi.

«FIFA va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Toshkent shahrida FIFAning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy ofisini (keyingi o‘rinlarda – mintaqaviy ofis) ochish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin», — deyilgan rasmiy hujjatda.

Qarorga muvofiq, mintaqaviy ofis FIFA'ning Markaziy Osiyodagi faoliyatini muvofiqlashtirish, futbol infratuzilmasi, musobaqalarni tashkil etish va kadrlar salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Rasmiylar ushbu qadam O‘zbekistonning xalqaro futbol tizimidagi o‘rnini yanada mustahkamlashini ta’kidlamoqda.

Mintaqaviy ofisni tashkil etish va uni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar, asosan, FIFA tomonidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi. Zarur hollarda yetishmaydigan qism O‘zbekiston futbolni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi. Biroq ushbu ulush umumiy xarajatlarning 50 foizidan oshmasligi qat’iy belgilab qo‘yildi.

Ofis Toshkent shahri Islom Karimov ko‘chasi, 98a-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining ma’muriy binosida beg‘araz asosda faoliyat yuritadi. Bu qaror orqali qo‘shimcha ijara xarajatlarining oldi olinishi hamda tashkiliy jarayonlarni tezlashtirish maqsad qilingan.

Shuningdek, mintaqaviy ofis binolarini ta’mirlash, zarur mebel, texnika, aloqa vositalari va transport bilan ta’minlash xarajatlari Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan qoplanadi. Bu ishlar Prezidentning 2023 yil 3-noyabrdagi PQ–355-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Minimal texnik va xizmat ko‘rsatish talablari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan belgilanadi.

Avvalroq Prezident qaroriga ko‘ra, 2027 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati bilan bog‘liq xarajatlar 2026–2027 yillar Davlat byudjeti parametrlariga kiritilishi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid