add

Toshkentda uy-joylari buzilgan fuqarolarga 181,8 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi

Toshkent shahrida fuqarolar va yuridik shaxslar buzilgan uy-joylari, ishlab chiqarish binolari va boshqa inshootlari uchun kompensatsiya olish bo‘yicha 63 ta ish ko‘rib chiqilgan.

Toshkentda uy-joylari buzilgan fuqarolarga 181,8 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi

2025 yilning o‘tgan davrida Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari ish yurituviga jami 2,8 trln so‘mlik 130 mingdan ortiq ijro hujjatlari kelib tushgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, murojaatlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan choralar natijasida 75 mingdan ortiq ish yurituv yakunlangan va 538 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ undirib berilgan.

Shuningdek, fuqarolar va yuridik shaxslar buzilgan uy-joylari, ishlab chiqarish binolari va boshqa inshootlari uchun hokimliklardan kompensatsiya olish bo‘yicha 63 ta ish yuzasidan 181,8 milliard so‘m miqdorida to‘lovlar amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, 5 mingdan ortiq fuqarolar foydasiga jami 247,7 milliard so‘m undirilgan. Bu mablag‘lar tarkibida 6,4 milliard so‘mlik ish haqi qarzdorliklari hamda 241,3 milliard so‘mlik yetkazilgan zarar puli ham mavjud.

Hozirda Majburiy ijro byurosi Toshkent shahrida fuqarolar foydasiga 55 mingdan ziyod, jami 1,2 trln so‘mlik ijro ishlari va yuridik shaxslar foydasiga 147 mingta, 4,8 trln so‘mlik ishlarni amalga oshirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentda uy-joylari buzilgan fuqarolarga 181,8 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi | Vaqt.uz