add

Tramp ma’muriyati 19 ta davlat fuqarolarining Grin-kartalarini qayta tekshiradi

28.11.2025 | 10:5514562 daqiqa

AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati xavfsizlikka taxdid deb topilgan 19 davlatdan kelgan Grin-karta egalari bo‘yicha keng qamrovli va qat’iy qayta tekshiruv o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Tramp ma’muriyati 19 ta davlat fuqarolarining Grin-kartalarini qayta tekshiradi

AQSH Davlat fuqarolik va migratsiya xizmati rahbari Jozef Edlouga ma’lum qilishicha, prezident Donald Tramp unga «har bir xavotirli davlatdan kelgan har bir xorijlikning grin-kartasini to‘liq va mukammal qayta ko‘rib chiqish» bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

BBCning ro‘yxatda qaysi davlatlar borligi haqidagi savoliga agentlik Oq uyning iyun oyidagi deklaratsiyasiga ishora qildi, unda Afg‘oniston, Kuba, Haiti, Eron, Somali va Venesuyela bor edi.

Qaror Vashingtonda afg‘on fuqarosi tomonidan Milliy gvardiyaning ikki askariga qarshi sodir etilgan otishma ortidan e’lon qilindi. Jinoyatda gumonlangan Rahmonulloh Lakanval 2021 yilda AQSHning Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqishidan keyin afg‘on fuqarolariga beriladigan alohida muhofaza dasturi orqali mamlakatga kelgan.

Prezident Tramp hodisani «milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid» deb atadi. Edlouning ijtimoiy tarmoqdagi bildiruvida hodisa to‘g‘ridan-to‘g‘ri tilga olinmagan bo‘lsa-da, u «amerika xalqini avvalgi ma’muriyatning xavfli ko‘chirish siyosatining oqibatlaridan himoya qilish zarurligini» ta’kidladi.

Iyun oyi ma’lumotnomasida xorij fuqarolarining AQSHga kirishi terroristik xavflar va xavfsizlik muammolari fonida cheklanishi kerakligi qayd etilgan. Shuningdek, biznes, talabalik va turistik vizalar bilan kelganlarning me’yordan ortiq qolib ketishi ham asosiy omil sifatida ko‘rsatilgan.

Qayta tekshiruvdan Birma, Chad, Kongo Respublikasi va Liviya fuqarolari ham o‘tadi. O‘tgan hafta AQSH Migratsiya xizmati Jo Bayden davrida qabul qilingan barcha qochoqlar bo‘yicha ham tekshiruv boshlaganedi. Bundan tashqari, chorshanba kuni Afg‘oniston fuqarolarining barcha migratsiya arizalarini ko‘rib chiqish vaqtinchalik to‘xtatildi.

Teglar

Mavzuga oid