add

Tramp Rossiyaga kiritgan sanksiyalarni bekor qilishga tayyor

Kecha 08:386442 Daqiqa

AQSHning yangi tinchlik rejasi Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlar evaziga Rossiyadan sanksiyalarni bekor qilishni nazarda tutadi.

Tramp Rossiyaga kiritgan sanksiyalarni bekor qilishga tayyor

Rossiyaga qarshi sanksiyalar AQSH taklif etayotgan tinchlik bitimi doirasida bekor qilinishi mumkin. Reja hududiy yon berishlar va Ukraina qurolli kuchlarini cheklash bilan bog‘liq shartlarni o‘z ichiga oladi. Bu haqda Bloomberg hujjat bilan tanish manbaga asoslanib, xabar bermoqda.

Manba ta’kidlashicha, kelishuv harbiy jinoyatlarni tergov qilishni to‘xtatish va Donbassni Rossiya nazoratiga o‘tkazishni nazarda tutadi. U yana Ukraina qurolli kuchlar sonini qisqartirishi va Rossiyaga nisbatan barcha amaldagi sanksiya cheklovlarini bekor qilishga rozi bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

RBK-Ukraina ham shunga o‘xshash ma’lumotlarni keltirgan. Nashr manbasi aytishicha, loyihaga urush davridagi barcha jinoyatlar uchun amnitstiya to‘g‘risidagi band kiritilgan. Uning ta’kidlashicha, 28 banddan iborat reja «Rossiyaning jahon iqtisodiyotiga to‘liq qaytishini» ko‘zda tutadi.

OAV 20-noyabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSH delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazganini xabar qildi. Unga AQSH armiya vaziri Den Driskoll boshchilik qilgan. Suhbatdoshlarning aytishicha, delegatsiya prezident Donald Tramp tashabbusi bilan Kiyevni rejani qabul qilishga ko‘ndirish maqsadida tashrif buyurgan.

Yevropa Ittifoqi diplomatlari Ukraina va Yevropa ittifoqchilarining nuqtai nazarini hisobga olmagan holda tasdiqlanadigan har qanday kelishuvlarga shubha bildirdilar. Ular Rossiya prezidenti Vladimir Putin faqat tashqi bosim ostidagina murosa qilishga rozi bo‘lishini ta’kidladi.

Vaziyatdan xabardor manbalarning ma’lum qilishicha, hujjat Stiv Uitkoff va Kirill Dmitriyev ishtirokida tayyorlangan. Ularning fikricha, bu reja Moskvaning «Lukoil» va «Rosneft»ga qarshi sanksiyalar kuchga kirishidan qochishga urinishi bo‘lishi mumkin. Sanksiyalarning amal qilish muddati 21-noyabrga belgilangan.

Avvalroq xalqaro ommaviy axborot vositalari loyihada Ukrainada xorijiy tinchlikparvar kuchlarni joylashtirishni taqiqlash, Ukraina Qurolli kuchlari sonini qisqartirish va ularning qurol-yarog‘larini cheklash ham ko‘zda tutilgani haqida xabar bergan edi. Hujjatda, shuningdek, Kreml Ukraina yoki Yevropa davlatlariga qarshi yangi hujumlar qilmaslikka "va’da berishi" to‘g‘risidagi band ham mavjud.

Teglar

Mavzuga oid