Tramp Si va Putinga birlashishni taklif qildi

Bugun 22:092 daqiqa

Donald Tramp Pekinda Si Jinpingga AQSH, Rossiya va Xitoy manfaatlari birlashishi mumkinligini aytgan.

Tramp Si va Putinga birlashishni taklif qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoy raisi Si Jinpingga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birgalikda Xalqaro jinoyat sudiga qarshi harakat qilishni taklif qildi. Bu haqda «Financial Times» nashri xabar berdi.

Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, taklif o‘tgan hafta Pekinda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida bildirilgan.

Tramp suhbat davomida AQSH, Xitoy va Rossiya Xalqaro jinoyat sudiga qarshi kurashda umumiy manfaatlarga ega ekanini ta’kidlagan.

Nashr Si Jinpingning ushbu taklifga qanday munosabat bildirganini ochiqlamagan. Biroq Xitoy ham, Rossiya ham Xalqaro jinoyat sudi a’zosi emas va uning yurisdiksiyasini tan olmaydi.

Trampning tashabbusi Vashingtonning xalqaro institutlarga munosabati keskinlashib borayotgan bir paytda yangramoqda. AQSH oxirgi yillarda sud faoliyatini bir necha bor tanqid qilgan.

Putin va Netanyahuga berilgan orderlar

2023 yil mart oyida Xalqaro jinoyat sudi Vladimir Putin hamda Rossiyaning bolalar huquqlari bo‘yicha vakili Mariya Lvova-Belovaga nisbatan hibs orderi chiqargan edi. Sud ularni Ukrainadan bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishda mas’ul deb hisoblagan.

2024 yil noyabrida esa sud Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va mamlakatning sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olish orderini chiqardi. Ular G‘azodagi urush ortidan harbiy jinoyatlar va genotsidda ayblangan.

AQSHning bosimi

2025 yil fevral oyida Donald Tramp Xalqaro jinoyat sudiga qarshi sanksiyalar joriy qildi.

U sudni amerikaliklar va Vashingtonning yaqin ittifoqchilarini «noqonuniy ta’qib qilish»da aybladi.

Tramp ma’muriyati AQSH va Isroilni «urush qonunlariga qat’iy rioya qiladigan armiyaga ega gullab-yashnayotgan demokratik davlatlar» sifatida ta’riflagan.

Teglar

Mavzuga oid