Tramp Vashingtonni qo‘llab-quvvatlamagan davlatlar bilan hamkorlikni qayta ko‘rib chiqmoqchi

Kecha 22:022 daqiqa

Oq uy rahbari Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat tufayli yoqilg‘i ta’minotida qiyinchilikka uchrayotgan, biroq harbiy koalitsiyada qatnashishdan bosh tortgan davlatlarga ikkita taklif berdi.

Tramp Vashingtonni qo‘llab-quvvatlamagan davlatlar bilan hamkorlikni qayta ko‘rib chiqmoqchi

Amerika yetakchisi Donald Tramp Eronga qarshi urushda Vashingtonni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan davlatlarga AQSH boshqa yordam ko‘rsatmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda.

Oq uy rahbari o‘zining «Truth Social» ijtimoiy tarmog‘ida yangi post qoldirdi. Unda Xo‘rmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat sababli aviatsiya yoqilg‘isini ololmayotgan va Eronga qarshi urushda qatnashishdan bosh tortgan davlatlarga murojaat qilgan.

«Sizlar uchun takliflarim bor. Birinchisi — yoqilg‘ini AQSHdan sotib oling, bizda u yetarli. Ikkinchisi — jasorat yig‘ib, bo‘g‘ozga boring va uni shunchaki tortib oling. Siz o‘z-o‘zingiz uchun kurashishni o‘rganishingiz kerak bo‘ladi. Siz bizning yonimizda bo‘lmaganingiz kabi, AQSH ham endi sizga yordam bermaydi», — deb yozdi Tramp.

Bundan avval BBC rus xizmati xabar berganidek, Donald Tramp NATO bo‘yicha ittifoqchilari va hamkor davlatlarni Ormuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovi xavfsizligini ta’minlashga yordam berishga chaqirgan edi.

Qayd etilishicha, Tramp bo‘g‘ozni himoya qilish uchun xalqaro koalitsiya tuzish ustida ishlamoqda va Eronning strategik muhim Xark orolini egallab olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Biroq OAV xabarlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Janubiy Koreya o‘z harbiy kemalarini Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududiga yuborishga tayyor emas. Shu sababli koalitsiya tuzish va bo‘g‘ozni blokdan chiqarish rejasini «shoshilinch tarzda» tayyorlashga to‘g‘ri kelmoqda.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi Trampning chaqiriqlariga rad javobini bergani ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, YI Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi «jahon iqtisodiyotiga zarar yetkazishi va Rossiyaga urushni moliyalashtirishga yordam berishini» ta’kidlamoqda.

Ushbu rad javoblaridan so‘ng Donald Tramp Eronga qarshi urushda qatnashishdan bosh tortgani uchun NATO davlatlarini keskin tanqid qilib, g‘azabli post qoldirdi.

Teglar

Mavzuga oid