Tramp Xitoyga bordi: Si bilan muzokaralarda Ilon Mask va Tim Kuk ham ishtirok etadi

Kecha 22:041 daqiqa

U oxirgi marta Xitoyga o‘zining birinchi prezidentlik davrida, 2017 yilning noyabrida tashrif buyurgan edi.

Tramp Xitoyga bordi: Si bilan muzokaralarda Ilon Mask va Tim Kuk ham ishtirok etadi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning samolyoti Pekinga qo‘ndi. Uch kunlik rasmiy tashrif doirasida AQSH yetakchisi Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Jipin bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Pekin aeroportida AQSH Prezidentini Xitoy rasmiy shaxslari, orkestr hamda Xitoy va AQSH bayroqlarini ko‘targan o‘nlab yoshlar kutib oldi.

Donald Trampga ushbu safarda yirik biznes va texnologiya sohasi vakillari hamrohlik qilmoqda. Delegatsiya tarkibidan Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask, Apple rahbari Tim Kuk, Nvidia bosh direktori Djensen Xuang, shuningdek, Boeing, Meta, Citi, Goldman Sachs, Mastercard va Visa kompaniyalarining top-menejerlari o‘rin olgan.

Muzokaralarning asosiy mavzulari ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalari, Eron atrofidagi vaziyat va yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorlik bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Donald Tramp oxirgi marta Xitoyga o‘zining birinchi prezidentlik davrida, 2017 yilning noyabrida tashrif buyurgan edi. 2026 yilgi tashrif aslida mart oyi oxirida amalga oshirilishi kerak edi, biroq AQSH va Isroilning Eron bilan urushi fonida safar qoldirilgan edi.

Tramp va Si Jinpin o‘rtasidagi ikkinchi prezidentlik muddatidan keyingi ilk uchrashuv 2025 yil oktabr oyida Janubiy Koreyada o‘tgan ATES sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan edi.

Teglar

Mavzuga oid