Turkiyaga Erondan ballistik raketa uchib keldi

04.03.2026 | 19:571 daqiqa

Rasmiy Anqara javob choralari qo‘llashga tayyor ekanini bildirgan.

Turkiyaga Erondan ballistik raketa uchib keldi

Turkiya osmonida ballistik raketa urib tushirildi. Mamlakat Mudofaa vazirligi ushbu raketaning Erondan uchirilganini tasdiqlab, Turkiya bunga javob qaytarish huquqini o‘zida saqlab qolishini ma’lum qildi.

Turkiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, raketa O‘rta yer dengizining sharqiy qismida NATO Havo hududidan mudofaa (HHM) vositalari tomonidan tutib qolingan va zararsizlantirilgan.

Yuz bergan hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, raketa Turkiya havo hududiga Iroq va Suriya orqali kirib kelgan.

«Biz barcha tomonlarni mintaqadagi mojaroning yanada kengayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilish zarurligi haqida ogohlantiramiz», - deb bayonot berdi Mudofaa vazirligi.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya mintaqaviy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlaydi, biroq «xavf qayerdan kelishidan qat’i nazar, o‘z hududi va fuqarolari xavfsizligini ta’minlashga» qodir. «Hududimiz va havo bo‘shlig‘imizni himoya qilish uchun barcha zarur choralar qat’iyat bilan va ikkilanishlarsiz amalga oshiriladi», — deb ogohlantirdi muassasa.

AQSH va Isroil 28-fevral kuni Eronga zarbalar bergan edi. Shundan so‘ng Eron Isroilga va Yaqin Sharqdagi AQSHning ittifoqchisi hisoblangan mamlakatlarga raketalar va dronlar bilan hujum qila boshladi.

Teglar

Mavzuga oid