Ukraina demografik inqirozda aksilyetakchiga aylandi

Bugun 11:553 daqiqa

So‘nggi 25 yilda global demografik tendensiyalar dunyoni ikki qarama-qarshi lagerga ajratdi: ayrim davlatlar aholisini keskin oshirayotgan bo‘lsa, boshqalarida kamayish kuchaymoqda. O‘zbekiston esa o‘rta pozitsiyani egallagan.

Ukraina demografik inqirozda aksilyetakchiga aylandi © Maxiphoto / iStock / Getty Images

So‘nggi yigirma besh yilda global demografik tendensiyalar dunyoni ikki lagerga ajratdi. Ayrim davlatlar migratsiya va yuqori tug‘ilish darajasi hisobidan inson kapitalini bir necha baravar oshirayotgan bo‘lsa, sayyoradagi qariyb har yettinchi mamlakat aholi soni kamayishini qayd etmoqda. Bu jarayonda mutlaq antilider sifatida Ukraina namoyon bo‘ldi, u aholi soni qisqarishi sur’atlari bo‘yicha dunyoda so‘nggi o‘rinni egalladi. Bu haqda 6-aprel kuni «Visual Capitalist» xabar berdi.

Anomal o‘sish

Xalqaro valuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2000-2025-yillar oralig‘ida jahon aholisi o‘rtacha 46,6 foizga oshgan. Biroq bu o‘sish juda notekis taqsimlangan. Asosiy demografik bumni yirik iqtisodiyotlar emas, balki Fors ko‘rfazi mamlakatlari va Sahroyi Kabirdan janubdagi Afrika davlatlarining tor doirasi ta’minlamoqda.

Shubhasiz yetakchi – Qatar(1-o‘rin) bo‘lib, uning aholisi mislsiz darajada – 423,4 foizga oshgan. Bu o‘sish, asosan, energetika sektori va infratuzilmani rivojlantirish uchun chet el ishchi kuchini ommaviy jalb qilish natijasidir. Qo‘shni neft monarxiyalari ham shunga o‘xshash yuqori o‘sish sur’atlarini namoyon etmoqda:

Birlashgan Arab Amirliklari: +249,7 foiz (2-o‘rin)

Bahrayn: +153,9 foiz (5-o‘rin)

Kuvayt: +139,1 foiz (8-o‘rin)

Ummon: +129,1 foiz (9-o‘rin)

Saudiya Arabistoni: +98,5 foiz

1

Yaqin Sharqdan tashqari, yetakchilar o‘nligida tarixan yosh aholiga ega bo‘lgan Afrika davlatlari ustunlik qiladi:

Ekvatorial Gvineya: +166,6 foiz (3-o‘rin)

Niger: +157,0 foiz (4-o‘rin)

Angola: +139,7 foiz (7-o‘rin)

Chad: +126,9 foiz (10-o‘rin)

Shuningdek, Papua Yangi Gveneyasi ham yetakchilar qatoriga kirib, aholisi 149,6 foizga oshgan (6-o‘rin).

O‘zbekiston ko‘rsatkichlari qanday?

O‘zbekiston reytingda 59-o‘rinda keltirilgan. Uning aholisi 200-2025-yillar orasida 54 foizga oshgan.

2026-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 236 704 kishini tashkil etgan. Doimiy aholi soni mustaqillik yillarida 17,6 millionga yoki 85,6 foizga ko‘paygan.

2

Aholi O‘zbekiston qo‘shnilarida – Tojikistonda 66,7 foiz, Qirg‘izistonda 48,2 foiz, Turkmanistonda 42,5 foiz, Qozog‘istonda 36,9 foiz oshgan.

Sharqiy Yevropa va Ukraina – depopulyatsiya epimarkazida

Qarama-qarshi qutbda aholisi ommaviy tarzda ko‘chib ketayotgan yoki tug‘ilish darajasi keskin pasayayotgan mamlakatlar joylashgan. 183 ta tahlil qilingan davlat orasida eng katta pasayish Ukrainada qayd etildi – aholi 32,5 foizga kamaygan (reytingda 183-o‘rin). Undan keyin Marshall orollari joylashgan bo‘lib, u yerda kamayish 29,4 foizni tashkil etgan (182-o‘rin).

Umuman olganda, Sharqiy Yevropa va Boltiqbo‘yi davlatlari global depopulyatsiya epimarkaziga aylangan. Mintaqaning Yevropa Ittifoqiga integratsiyasi o‘z vaqtida G‘arbga qonuniy migratsiya uchun chegaralarni ochib berdi va bu aholisi allaqachon qarib borayotgan davlatlardan kadrlar oqimining yanada kuchayishiga olib keldi.

Qo‘shni davlatlar bo‘yicha statistika quyidagicha:

Bolgariya: −23,2 foiz (181-o‘rin)

Latviya: −21,6 foiz

Moldova: −18,8 foiz

Litva: −17,5 foiz

Ruminiya: −16,1 foiz

Jahon gegemonlarida so‘ngan o‘sish dinamikasi

Rivojlangan yirik iqtisodiyotlar ancha kamtarona o‘sish ko‘rsatkichlarini namoyon etmoqda. Katta mamlakatlar orasida eng yaxshi natijani Hindiston ko‘rsatdi, uning aholisi 38,4 foizga oshgan. AQSHda o‘sish 21,0 foizni, Braziliyada 22,1 foizni tashkil etdi, Xitoy esa bor-yo‘g‘i 10,9 foizlik o‘sish bilan cheklandi.

Puxta va jozibador immigratsiya siyosatiga ega davlatlar barqaror rivojlanishni ta’minlagan: Kanada aholisi 35,6 foizga, Avstraliyaniki esa 44,9 foizga oshgan.

Osiyoda esa vaziyat ancha pessimistik: Janubiy Koreya atigi 9,9 foiz o‘sishga erisha olgan (bu jahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha past), Yaponiya esa allaqachon barqaror kamayish bosqichiga o‘tib, aholisining 2,8 foizini yo‘qotgan.

Teglar

Mavzuga oid