add

UNESCO Turkiy tillar kunini tasdiqladi

Bugun 09:552661

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an taklifi asosida 15 dekabr «Jahon turkiy tillar kuni» deb e’lon qilindi.

UNESCO Turkiy tillar kunini tasdiqladi

UNESCO Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning 15 dekabrni «Jahon turkiy tillar oilasi kuni» deb e’lon qilish taklifini qabul qildi. Qaror tashkilotning O‘zbekistonning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan 43-Bosh assambleyasida 194 mamlakatdan 5 mingdan ortiq vakillar ishtirokida ma’qullandi.

Turkiyaning UNESCOdagi doimiy vakili Gulnur Aybet ta’kidlashicha, bu qaror tashkilotning ko‘p tillilikni, madaniy xilma xillikni va xalqlar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashga bo‘lgan intilishini aks ettiradi. U tashabbusga hammualliflik qilgan Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonga, shuningdek, hujjatni qo‘llab-quvvatlagan 26 davlatga, jumladan Turkmanistonga minnatdorlik bildirdi.

Aybet til nafaqat muloqot vositasi, balki avloddan-avlodga jamoaviy xotira, donolik va o‘ziga xoslikni yetkazuvchi sivilizatsiyalar qalbi ekanini ta’kidladi.

Uning aytishicha, umumiy tarix va madaniy qadriyatlar bilan birlashgan 200 milliondan ortiq kishi turkiy tillarda so‘zlashadi.

15 dekabr sanasi bejiz tanlanmagan: aynan shu kuni turkiy xalqlarning VIII asrga oid eng qadimiy yozma yodgorliklaridan biri - O‘rxun bitiklari o‘qib tushunilgan edi. Aybetning ta’kidlashicha, bu qadam boy madaniy merosni e’tirof etish ramzi bo‘lib, umumiy tarixiy o‘tmish orqali xalqlarni yaqinlashtirishga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid

UNESCO Turkiy tillar kunini tasdiqladi | Vaqt.uz