add

Uzoq kutilgan xabar: Toshkent havosi yaxshilandi

Bugun 12:284561 daqiqa

Dunyoda havo ifloslanishi bo‘yicha yuqori o‘rinlarda turib kelayotgan Toshkent shahrida bugun PM2,5 zarrachalari me’yordan oshmagani qayd etildi.

Uzoq kutilgan xabar: Toshkent havosi yaxshilandi

7-dekabr soat 09:00 holatida atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM2,5-mayda dispersli zarrachalar miqdori 27,4 mkg/m3'ni tashkil etib, ruxsat etilgan me’yorlardan oshmadi. Bu haqda «O‘zgidromet» ma’lum qildi.

Shuningdek, Toshkent havosida PM10-mayda dispersli zarrachalarning miqdori 45,1 mkg/m3'ni tashkil etib, bu ruxsat etilgan me’yorlardan (REM) (300 mkg/m3) oshmadi.

Ma’lumot uchun, bundan bir kun avval, 6-dekabr soat 09:00 holatida Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM2,5-mayda dispersli zarrachalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan 1,2-marta oshgan edi.

IQAir ma’lumotiga ko‘ra, 7-dekabr soat 11:40 holatida Toshkent shahri havo ifloslanish dunyo reytingida 47-o‘ringa tushdi.

sa

Eslatib o‘tamiz, ob-havo prognozlariga ko‘ra, 8-dekabr kuni Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid