add

Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li muddatidan oldin topshirilishi mumkin

Bugun 21:451641

Loyiha muddati olti yildan to‘rt yilgacha qisqarishi kutilmoqda. Transport vaziri aytishicha, «Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston» temiryo‘li Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lovchi eng qisqa mintaqaviy yo‘nalishni yaratadi.

Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li muddatidan oldin topshirilishi mumkin

Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi rejaga nisbatan tezroq amalga oshirilmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati raisi o‘rinbosari Hikmatulla Rahmatov ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, bu loyiha kompaniya uchun birinchi yirik xorijiy investitsion dastur hisoblanib, qo‘shni davlatlar bilan yaqin hamkorlik tufayli samarali rivojlanmoqda.

Rahmatovga ko‘ra, dastlab, qurilish ishlar olti yil davom etishi taxmin qilingan bo‘lsa-da, hozirgi tezlik ob’ektni to‘rt yil ichida yakunlash imkonini taqdim etmoqda. Uning aytishicha, bu o‘zgarish mintaqadagi transport logistikasi uchun katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.

Loyihaning ishga tushirilishi Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi yo‘lni, shuningdek, Markaziy Osiyo hamda Kavkaz davlatlarigacha bo‘lgan masofani mavjud yo‘nalishlarga nisbatan 1000 kilometrdan ortiqqa qisqartirishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li muddatidan oldin topshirilishi mumkin | Vaqt.uz