Logo

Yaman xusiylari Saudiya Arabistoniga qarshi dengiz qamalini e’lon qildi

Kecha 22:141 daqiqa

U AQSH va Eron o‘rtasidagi urushda yangi front ochdi. Bu harakat global energiya ta’minoti va xalqaro savdoga bo‘lgan tahdid ko‘lamini Fors ko‘rfazidan tashqariga kengaytirib, jahon iqtisodiyotiga jiddiy xavf tug‘diradi.

Yaman xusiylari Saudiya Arabistoniga qarshi dengiz qamalini e’lon qildi

Yaman xusiylari Saudiya Arabistoniga qarshi dengiz qamalini boshladi. Bu haqda guruh vakilining televizion murojaatiga tayanib, «Reuters» agentligi ma’lum qildi.

Guruh ushbu qamal Saudiya Arabistoni tomonidan xusiylarga qarshi qariyb 12 yildan buyon olib borilayotgan «adolatsiz va shafqatsiz qamal»ga nisbatan javob ekanligini bildirdi.

O‘tgan haftada xusiylar o‘z nazoratidagi Yaman aeroportini bombardimon qilishda ayblab, Saudiya Arabistoni hududiga raketa zarbalarini bergan edi. Shuningdek, ular podshohlikni tomonlar o‘rtasida 2022 yildan beri amal qilib kelayotgan norasmiy sulhni buzganlikda aybladi.

Qizil dengizdagi savdo yo‘li va geosiyosiy vaziyat

Saudiya Arabistoni o‘z neftini sakkizta davlat, jumladan, Yaman qirg‘oqlarini yuvib turuvchi Qizil dengiz orqali tashiydi. Mazkur dengizda Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi eng muhim savdo yo‘li joylashgan.

Ma’lumki, Saudiya Arabistoni 2015 yildan buyon Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan hukumatiga xusiy isyonchilariga qarshi kurashda yordam berib kelayotgan koalitsiyada yetakchi rol o‘ynab kelmoqda.

Xusiylarning qamal haqidagi e’loni AQSH va Eron o‘rtasidagi urush hamda tomonlar o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv muvaffaqiyatsizlikka uchragan bir vaqtda sodir bo‘ldi. Tehron xusiylarni qo‘llab-quvvatlaydi, Saudiya Arabistoni esa Vashingtonning Yaqin Sharqdagi ittifoqchilaridan biri hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid