Yaqin Sharq yonmoqda: urush kimga va nima uchun kerak edi?
Yaqin Sharqdagi urushning uchinchi kuni: AQSH va Isroil zarbalariga Eron javob hujumlari bilan qarshi turmoqda. Mintaqadagi vaziyat tez o‘zgarmoqda, qurbonlar soni ortib bormoqda.
Bugun, 2-mart. Yaqin Sharqdagi keng ko‘lamli harbiy to‘qnashuvlarning uchinchi kuni. Bugun shuningdek, millionlab inson turli internet nashrlar, ijtimoiy tarmoqlar lentasini tez-tez yangilanayotgan navbatdagi kun.
28-fevral kuni AQSH va Isroil Eron hududiga havodan keng ko‘lamli zarbalar berishni boshladi. O‘z navbatida Eron raketa va dronlarini Isroil va AQSH harbiy ba’zalari joylashgan turli arab davlatlari hududiga yo‘llamoqda. Kechadan boshlab jarayonga mintaqadagi boshqa proksi kuchlar qo‘shilgani haqida ham xabarlar e’lon qilina boshlandi.
Hozirgacha boshlangan urush natijasida Erondagi rejimning turli nufuzli shaxslari, jumladan, oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiy, qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Abdulrahim Musaviy, mamlakat mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni Muhammad Pokpur va yana bir qancha nufuzli generallar halok bo‘ldi. Bundan tashqari, urushayotgan tomonlardan yana ko‘plab qurbonlar berildi.
Fikr vaqti dasturining navbatdagi sonida biz Yaqin Sharqda boshlangan urush atrofidagi eng muhim savollarni siyosatshunoslar – Farhod Karimov va Jahongir Akramov bilan muhokama qildik.
Teglar






