add

Yevropa, Yaponiya va Kanada Trampning tinchlik rejasiga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda

Bugun 10:002281 Daqiqa

Ukrainada tinchlik o‘rnatishga doir Tramp rejasi asos sifatida tan olindi, lekin jiddiy qayta ishlash talab etilayotgani aytilmoqda.

Yevropa, Yaponiya va Kanada Trampning tinchlik rejasiga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda

Yevropa Ittifoqi, Kanada va Yaponiya rahbarlari kuni AQSHning Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha tayyorlagan 28 bandli rejasiga munosabat bildirib, hujjatni tahlil qilish va takomillashtirish zarurligini qayd etdilar. Ularning qo‘shma bayonoti YI Kengashi saytida e’lon qilindi.

Siyosatchilar rejadagi muhim tamoyillarni e’tirof etgan holda, uni barqaror va adolatli tinchlikka olib boruvchi asos sifatida baholadilar. Biroq ular ayrim bandlar, ayniqsa, Ukraina Qurolli kuchlarini cheklashga oid takliflar Kiyevni kelajakdagi xavf-xatarlarga nisbatan zaiflashtirishi mumkinligidan xavotir bildirdi.

Bayonotda shunday deyiladi: «Bu reja kelgusida yanada takomillashtirilishi kerak bo‘lgan poydevordir. Biz tinchlik mustahkam va adolatli bo‘lishi uchun bu jarayonga qo‘shilishga tayyormiz».

Rahbarlar shuningdek, Yevropa Ittifoqi va NATOga oid bandlarni amalga oshirishda har ikki tashkilot a’zolarining roziligi zarurligini eslatdilar. Ular xalqaro me’yor sifatida «chegaralar kuch bilan o‘zgartirilmasligi» prinsipini yana bir bor tasdiqlashdi.

Bayonot Ursula fon der Lyayen, Antoniu Koshta, Mark Karni, Emmanuel Makron, Pedro Sanches, Jorja Meloni, Kiyr Starmer kabi yetakchilar tomonidan imzolangan.

Teglar

Mavzuga oid

Yevropa, Yaponiya va Kanada Trampning tinchlik rejasiga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda | Vaqt.uz