add

Zangiotada 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

Bugun 16:451021

Toshkent viloyatida energiya resurslarini noqonuniy ishlatish holatlari aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Zangiotada 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi© Фото: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyatidagi bo‘limlari tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Departamentning Zangiota tumani bo‘limi o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruvda «B.X.» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari X.R. savdo do‘konida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 1,4 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Tekshiruv natijasida korxonaning elektr hisoblagichni chetlab o‘tgan holda tijorat maqsadida ish faoliyatini amalga oshirgani aniqlangan.

Shuningdek, departamentning Yangiyo‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda fuqaro Sh.T. Zangiota tumanidagi «Keng-kichik» mahallasi hududida joylashgan savdo do‘koni va umumiy ovqatlanish shoxobchasini gaz va elektr tarmoqlariga noqonuniy ulagan. Natijada u 1 milliard so‘mlik energiya resurslaridan o‘zboshimchalik bilan foydalangani aniqlandi.

Har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan amalga oshirilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Zangiotada 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi | Vaqt.uz