add

Zelenskiy idorasiga kim rahbarlik qiladi? Ehtimoliy nomzod nomi tilga olinmoqda

Bugun 22:202841 daqiqa

Ukraina prezidenti o‘z devoniga rahbar tanlash jarayonini yakunlash arafasida turibdi.

Zelenskiy idorasiga kim rahbarlik qiladi? Ehtimoliy nomzod nomi tilga olinmoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z idorasi rahbari lavozimiga bosh vazir o‘rinbosari, raqamli transformatsiya vaziri Mixail Fedorovni asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» nashrining Oliy Rada (parlament) va hukumatdagi manbalariga xabar berilgan.

Manbalarga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Fedorov nomzodiga moyillik bildirgan. «Payshanba kuni kechqurunga kelib, qaror deyarli yakuniy bo‘lgan edi. Ammo juma kuni ertalab prezident hali ham o‘ylab ko‘rmoqda», - deya ta’kidlashdi manbalar.

«Ukrainskaya pravda» nashrining hokimiyatdagi manbasiga ko‘ra, Prezident idorasi rahbari lavozimiga eng real nomzodlar sifatida raqamli transformatsiya vaziri Mixail Fedorov, mudofaa vaziri Denis Shmigal, Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov va Prezident idorasi rahbarining harbiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Pavel Palisa ko‘rib chiqilgan.

4-dekabr kuni Zelenskiy prezident idorasi rahbari lavozimiga nomzodlar bilan qo‘shimcha uchrashuvlar o‘tkazganini ma’lum qildi.

«Prezident idorasining yangi rahbari lavozimiga nomzodlar bilan qo‘shimcha uchrashuvlar o‘tkazdim. Biz Idoraning ish uslublari, Ukraina manfaatlari uchun zarur bo‘lgan boshqa davlat institutlari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildik. Yaqin kunlarda idoraning yangi rahbari to‘g‘risida qaror qabul qilinadi», - dedi Zelenskiy.

Teglar

Mavzuga oid