Logo

Zelenskiy Rossiya bilan urushni joriy front chizig‘ida to‘xtatib turishga roziligini bildirdi

Bugun 08:001 daqiqa

Ukraina prezidenti Voladimir Zelenskiy Rossiya bilan urushni hozirgi front chizig‘i bo‘yicha to‘xtatish imkoniyatini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. U bu haqda 21-oktabr kuni Fox News telekanaliga jurnalist Brayan Kilmidga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Zelenskiy Rossiya bilan urushni joriy front chizig‘ida to‘xtatib turishga roziligini bildirdi

Zelenskiydan frontdagi hozirgi vaziyatni saqlab qolishni nazarda tutuvchi tinchlik kelishuviga rozi bo‘lish-bo‘lmasligi so‘ralgan. Ukraina prezidenti bunga ijobiy javob berib, urushni to‘xtatish uni yakunlashning real yo‘li bo‘lishi mumkinligini aytdi.

«Biz buni o‘t ochishni to‘xtatish yoki prezident Tramp aytganidek, odamlarning o‘ldirilishini to‘xtatish deb ataymiz. Vaziyatni muzlatish va to‘xtatish», — dedi Zelenskiy.

Ukraina xavfsizlik kafolatlarini so‘raydi

Zelenskiyning ta’kidlashicha, o‘t ochishni to‘xtatishdan keyin Ukraina AQSH prezidenti Donald Tramp va Yevropa davlatlaridan xavfsizlik kafolatlarini so‘raydi.

«Eng muhimi — tinchlik va uning xavfsizligini ta’minlash», — dedi Ukraina prezidenti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina uchun urushning qayta boshlanishi, hududlarning yana bosib olinishi va yangi hujumlarning oldini olish muhim. Shu sababli Kiyev o‘t ochishni to‘xtatish, muzokaralar o‘tkazish va xavfsizlik kafolatlarini olishni maqsad qilmoqda.

Zelenskiyning bayonoti hozircha Ukraina va Rossiya o‘rtasida kelishuvga erishilganini anglatmaydi.

Teglar

Mavzuga oid