add

Zelenskiy Ukraina NATO a’zosi bo‘la olmasligini tan oldi

Bugun 10:552992 daqiqa

Ukraina prezidenti Zelenskiy Kiyev energiyaviy sulhga tayyorligini bildirdi, lekin bu faqat Rossiya tayyor bo‘lganda amalga oshishi mumkinligini ta’kidladi.

Zelenskiy Ukraina NATO a’zosi bo‘la olmasligini tan oldi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev energiyaviy sulhga tayyor ekanini bildirdi, ammo bu ish faqat Rossiya ham shunday sulhga o‘z tayyorligini namoyon etgandagina amalga oshishi mumkinligini qayd etdi. Uning aytishicha, energiya infratuzilmalariga zarbalar to‘xtatilishi aholi xavfsizligi uchun muhim qadam bo‘ladi, lekin bu bir tomonlama amalga oshmaydi.

Zelenskiy voqealar rivoji fonida Ukraina NATOga a’zo bo‘lish imkoniyati hozircha mavjud emasligini ham tan oldi.

«Biz realistmiz. Biz chindan ham NATO a’zosi bo‘lishni istaymiz — bu adolatli. Lekin shuni ham bilamizki, AQSH ham, yana bir nechta davlatlar ham hozircha Ukrainani alyansda ko‘rmoqchi emas. Shak-shubhasiz, Rossiya ham hech qachon u yerga qo‘shilishimizni istamaydi», — dedi u.

Zelenskiy shuningdek, Ukraina hali AQSHga yangilangan tinchlik rejasini topshirmaganini aytdi. «Bugun va ertaga maslahatchilar darajasida ishlayapmiz. Bo‘lsa kerak, ertaga topshiramiz», — dedi u. U muzokara jarayonida uchta asosiy hujjat muhokama qilinayotganini tasdiqladi.

Birinchi hujjat — 20 banddan iborat ramkaviy tinchlik modeli bo‘lib, u doimiy yangilanmoqda. Ikkinchisi — xavfsizlik kafolatlari. Zelenskiy Ukraina harbiylari va AQSH o‘rtasidagi muloqotdan keyin qo‘shimcha takliflarni kutayotganini bildirdi. Uchinchi hujjat esa qayta tiklash dasturi bo‘lib, u faqat urush tugagach yoki o‘t ochishni to‘xtatish amalga oshgach ishlaydi.

Zelenskiy birinchi marta Putin bilan uchrashganida Qrimni qaytarish istagini aytganini ham tasdiqladi. «Balkim aytgandirman va bu ishimni to‘g‘ri deb hisoblayman. Rostini aytsam, bugungi kunda bunga kuchimiz yetmaydi, yetarli ko‘mak ham yo‘q», — dedi u.

Teglar

Mavzuga oid