Logo

Sentyabrdan ish haqi va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi

Bugun 17:501 daqiqa

1-iyuldan pensiya va nafaqalar, 1-sentabrdan esa ish haqi hamda stipendiyalar 7 foizga oshiriladi. Shuningdek, eng kam ish haqi, bazaviy hisoblash miqdori va ijtimoiy to‘lovlarning yangi miqdorlari tasdiqlandi.

Sentyabrdan ish haqi va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi © uza

O‘zbekistonda pensiya, nafaqa, ish haqi va stipendiyalar miqdori oshiriladi. Bu Prezidentning 23-iyun kuni qabul qilingan PF–115-sonli farmonida belgilandi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1-iyuldan pensiyalar, nafaqalar, shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga to‘lanadigan bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdori 7 foizga oshiriladi.

Shundan so‘ng:


• yoshga doir eng kam pensiya miqdori oyiga 983 ming so‘mni;
• nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori oyiga 1 mln 83 ming so‘mni tashkil etadi.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun bolalar nafaqasi quyidagi miqdorlarda belgilandi:

• 3 yoshgacha bo‘lgan bitta farzand uchun — 386 ming so‘m;
• 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzand uchun — 295 ming so‘m;
• ikkinchi farzand uchun qo‘shimcha — 177 ming so‘m;
• uchinchi va undan keyingi har bir farzand uchun qo‘shimcha — 118 ming so‘m.

Shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga beriladigan moddiy yordamning oylik miqdori 450 ming so‘m etib belgilandi.

Farmonga muvofiq, 2026 yil 1-sentabrdan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda talabalar stipendiyalari ham 7 foizga oshiriladi.

Bundan tashqari:


• 1-iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 504 ming so‘m etib belgilanadi;
• 1-sentabrdan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln 360 ming so‘mga yetkaziladi;
• bazaviy hisoblash miqdori esa 440 ming so‘m etib belgilanadi.

Farmon bilan aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va fuqarolar daromadlarini qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.

Teglar

Mavzuga oid

Sentyabrdan ish haqi va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi | Vaqt.uz