100 mln so‘mgacha: qaysi banklar onlayn mikroqarz bermoqda?
O‘zbekistonda hozirda 100 mln so‘mgacha onlayn mikroqarz olish mumkin. Fevral holatiga ko‘ra, qaysi banklar eng arzon mikroqarz bermoqda va qayerda foizlar eng yuqori? Batafsil vaqt.uz’da o‘qing:

2024 yildan boshlab O‘zbekistonda mikroqarzlarning maksimal miqdori 50 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha oshirildi. Shundan beri bu turdagi kreditlari aholi orasida anchagina ommabop bo‘lib kelmoqda.
O‘tgan yili banklar aholiga ajratgan kreditlarning deyarli yarmi mikroqarzlar bo‘ldi. Shuning o‘zi ham mikroqarzlarga talab yuqori ekanini ko‘rsatadi.
Vaqt.uz qanday qilib onlayn mikroqarz olish, bunda nimalarga e’tibor berish va bunday qarz berayotgan banklar ro‘yxatini taqdim qiladi.
Mikroqarzlar banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan to‘lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida faqat jismoniy shaxslarga taqdim etiladi.
Bu kredit turi banklar tomonidan naqd yoki bank kartasiga naqdsiz shaklda taqdim etiladi. Onlayn mikroqarzlarni bank kartasiga olish mumkin.
Banklar mikroqarz ajratayotganda nimalarga e’tibor beradi?
Mikroqarzlar har bir kishi uchun uning o‘rtacha oylik daromadi, kredit tarixi, va boshqa omillar asosida alohida hisoblanib bank tomonidan belgilangan kredit limiti doirasida taqdim etiladi.
Ajratilgan mikroqarzni so‘ndirish avtomatik tarzda oylik to‘lov jadvaliga muvofiq, belgilangan sanada amalga oshiriladi.
Kredit ta’minoti sifatida uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polisi, likvidlikka ega bo‘lgan mol-mulk garovi va boshqalar so‘ralishi mumkin.
Ayrim banklar jismoniy shaxslarga ta’minotsiz mikroqarzlarni ham taklif qilmoqda. Biroq, ko‘p hollarda bunday mikroqarzlarning foizi bozordagi o‘rtacha foiz stavkasiga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi.
Mikroqarz arizasiga ijobiy javob olish ko‘proq bularga bog‘liq:
ijobiy kredit tarixi;
doimiy daromad manbaining mavjudligi;
yetarli ta’minotni ta’minlash;
kerakli hujjatlarni to‘liq taqdim etish.
16-fevral holatiga ko‘ra, banklarda mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi quyidagicha:

O‘rtacha hisobda eng arzon mikroqarz “Infinbank”da (24 foiz) bo‘lsa, eng qimmati “Anorbank” (41,4 foiz) va “Tenge bank”da (42,5 foiz) ajratilmoqda.
Hozirda O‘zbekistondagi 34 ta bankdan 24 tasida mikroqarz olsa bo‘ladi. Miqdori 10 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha bo‘lsa, muddati 5 yilgacha.
Onlayn mikroqarz ajratayotgan banklar bilan quyidagicha:
Foizi — 24 foizdan
Muddati — 48 oygacha
Miqdori — 100 mln so‘mgacha
Telefon: 1180
Foizi — 24 foizdan
Muddati — 60 oygacha
Miqdori — 100 mln so‘mgacha
Telefon: 1233
Foizi — 25 foizdan
Muddati — 48 oygacha
Miqdori — 100 mln so‘mgacha
Telefon: 1152
Foizi — 25 foizdan
Muddati — 36 oygacha
Miqdori — 100 mln so‘mgacha
Telefon: 1270
Foizi — 25 foizdan
Muddati — 48 oygacha
Miqdori — 100 mln so‘mgacha
Telefon: 1106
Foizi — 25 foizdan
Muddati — 60 oygacha
Miqdori — 100 mln so‘mgacha
Telefon: 1344
Foizi — 25 foizdan
Muddati — 60 oygacha
Miqdori — 100 mln so‘mgacha
Telefon: (+99871)-230-7777
Foizi — 27 foizdan
Muddati — 36 oygacha
Miqdori — 100 mln so‘mgacha
Telefon: 1290
Foizi — 28 foizdan
Muddati — 48 oygacha
Miqdori — 100 mln so‘mgacha
Telefon: 1254
Foizi — 28 foizdan
Muddati — 48 oygacha
Miqdori — 100 mln so‘mgacha
Telefon: 1326
Foizi — 28 foizdan
Muddati — 48 oygacha
Miqdori — 100 mln so‘mgacha
Telefon: 1150
Foizi — 30,9 foizdan
Muddati — 36 oygacha
Miqdori — 100 mln so‘mgacha
Telefon: 1296
Foizi — 31 foizdan
Muddati — 48 oygacha
Miqdori — 100 mln so‘mgacha
Telefon: 1216
Banklar ustiga bosib, kredit haqida batafsil ma’lumot olish yoki ko‘rsatilgan qisqa raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Mikroqarz olishdan avval shartnoma bilan to‘liq tanishib chiqish, to‘lay olish imkoniyatini shaxsiy baholash tavsiya qilinadi.
Sababi — vaqtida to‘lanmagan qarz, kredit tarixiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Yomon kredit tarixi kelajakda banklar va mikromoliya tashkilotlaridan qulay shartlarda kredit olish imkoniyatini pasaytiradi.





